Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘qituvchilarning oylik maoshidan soliqqa ariza yozdirmasdan, majburiy to‘lov ushlab qolinishiga oid murojaatga javob berdi.
“Har qanday jamiyatda to‘lovlar, vznoslar, ajratmalar xodimlardan yozma roziligisiz yoki majburlagan holda ushlab qolinishi mumkin emas”, — dedi Temur Komilov.
Xalq ta’limi tizimi xodimlari nohaqliklarga duch kelganda 1006 va +998-99-988-10-06 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan. Bundan tashqari, “Ustozovozi.uzedu.uz” platformasi yo‘lga qo‘yilib, tizimdagi xodimlarga qilingan nohaqliklar bo‘yicha murojaatlar aniq manzil bilan ko‘rsatilsa, chora ko‘rilishi haqida ma’lum qilindi.
“Prezident qarori bilan vazirlik huzurida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etilgan bo‘lib, u aynan o‘qituvchining huquqini himoya qilish, qadr-qimmatining poymol qilinmasligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi”, — deydi vazir o‘rinbosari.
Izoh (0)