• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Mahalliylashtirish dasturi OKMKda samarali bajarilmoqda

    Mahalliylashtirish dasturining asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasida eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan, raqobatbardosh zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahalliy xomashyo va mineral resurslar negizida ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishdan iborat.

    Shu bilan birga, dastur doirasida ichki tarmoq va tarmoqlararo, shu jumladan, respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini keng yo‘lga qo‘yish va uni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida yurtimizda import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxonalar safi yildan yilga kengayib bormoqda. Natijada mamlakatimiz bozorlarida hamda xorijda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar turi kengayib bormoqda. Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida ham bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilayapti.

    Jumladan, 2020-yilda 72 ta loyiha asosida 131,9 milliard so‘mlik, shuningdek, yangi 23 ta loyiha asosida 11,9 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Amalda mazkur dastur doirasida 2020-yil yakunlari bo‘yicha 72 ta loyiha asosida 157,2 milliard so‘mlik, shu jumladan, yangi 23 ta loyiha asosida 17,5 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishga erishilib, reja ko‘rsatkichlari 119,1 foizga bajarilishi ta’minlandi.

    Aytish joizki, kombinat tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida 2019-yilning oktabr oyida import mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazildi. Ushbu yarmarkaga respublikamizning barcha ishlab chiqaruvchilari taklif etilib, ishtirokchilarga har bir import mahsuloti to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi hamda ularga oldindan tayyorlangan import mahsulotlari katalogi taqdim etildi. Yarmarka davomida ko‘plab mahalliy korxonalar bilan kelishuvlarga erishilib, o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

    Buning natijasi sifatida, 2020-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining elektron kooperatsiya portali orqali 200,0 milliard so‘mlik shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakunida 302,3 milliard so‘mlik (rejaga nisbatan 151,2 foiz) 2 543 ta shartnomalar imzolangan.

    Mahalliylashtirilgan mahsulotlar kombinatning markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, rux zavodi kabi korxonalarida ishlab chiqarilmoqda.

    Quvonarlisi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kombinatning ichki ehtiyoji hamda respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan tog‘-kon sanoati korxonalari uchun mo‘ljallangan ekanligi bilan ahamiyatli.

    Kombinat tomonidan 2020-yilda mahalliylashtirish doirasida quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarildi. Xususan, po‘lat va cho‘yan quymalaridan tayyorlangan ehtiyot qismlar (60,9 milliard so‘m), nostandart qurilmalar(12,0 milliard so‘m), konveyer qurilmalari uchun ehtiyot qismlar(0,6 milliard so‘m), GRAT va GRT tipdagi nasoslar uchun ehtiyot qismlar(1,0 milliard so‘m), yanchish uskunalari uchun ehtiyot qismlar(1,8 milliard so‘m), tegirmon uskunalari uchun ehtiyot qismlar(6,6 milliard so‘m), ekskavatorlar uchun ehtiyot qismlar (1,2 milliard so‘m), mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar (rux oksidi, molibden va volfram metallari, burg‘ulash qoplamalari, nodir metallar va qattiq qotishmalar asosidagi mahsulotlar —  62,3 milliard so‘m), har xil turdagi mahsulotlar (keramik tigellar, kislotaga bardoshli kukun, termopara va boshqalar —  10,8 milliard so‘m.

    Hozirgi kunda respublikaning bir nechta korxonalari, shu jumladan, kichik va o‘rta biznes tadbirkorlik subyektlari bilan kombinat ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berilgan va bu borada ishlar olib borilmoqda.

    Bularga misol tariqasida, polimer mikrosferalar, nasos qurilmalar, radiatorlar, ferromarganes, filtrlash elementlari, podshipniklar, kimyoviy reagentlar (kaliy ksantogenati, natriy sulfidi, natriy gidrosulfiti), grafit va polimer asosdagi mahsulotlar hamda texnologik qurilmalar uchun boshqa turdagi ehtiyot qismlarini keltirish mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan ham keng qamrovli ishlar tashkillashtirilgan. Jumladan, laboratoriya sharoitida olingan olein kislotasi ishlab chiqarish jarayonlarida sinab ko‘rilib, yaxshi natijalarga erishildi. Hozirda ushbu mahsulotni sanoat darajasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    Shu bilan birgalikda, 2021-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida 161,4 milliard so‘mlik 87 ta loyiha, shu jumladan, 4,3 milliard so‘mlik 17 ta yangi loyiha amalga oshirilishi belgilangan (o‘sish sur’ati 122,3 foiz).

    Yaqin istiqbolda mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish maqsadida, kombinatning markaziy ta’mirlash mexanika zavodini modernizatsiya qilish va buning natijasida texnologik uskunalar uchun hozirda import orqali sotib olinayotgan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni ushbu bo‘linma quvvatlarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, hamda portlovchi moddalar zavodi quvvatlarida noelektrik qo‘zg‘atish tizimlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxonani ishga tushirish rejalashtirilgan.

    Kozimjon Jumaboyev, OKMK mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    30.01.2021, 18:00   Izoh (0)   26678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Volvo Cars endi O‘zbekistonda! Shvedlarga xos xavfsizlik va harakatlanish erkinligi

    30.01.2021, 15:00

    Hyundai Auto Asia: O‘zbekistonda ikki yil

    30.01.2021, 12:00

    Alfraganus savdo mavzesi sotuvlarni boshlashga tayyorlanmoqda

    30.01.2021, 09:00

    Ukrainaning SkyUp aviakompaniyasi va Toshkentdagi Ukraina elchixonasi tomonidan Kiyev—Toshkent—Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar tashkillashtirilmoqda

    29.01.2021, 18:00

    Mobiuz tavsiya qiladi: Mobile televideniye imkoniyatlaridan qanday foydalanish mumkin?

    29.01.2021, 15:00

    “Hamkorbank” har bir hamyurtimizga ma’qul keluvchi kredit xizmatlarini taqdim etadi!

    29.01.2021, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bitta bolaga maktab bozori uchun qancha pul sarflanyapti?

    Ta’lim | 18 avgust, 18:55

    Nemis siyosatchilari Ukrainaga xavfsizlik kafolati sulhdan keyin berilishi kerak deb hisoblamoqda

    Dunyo | 18 avgust, 18:47

    AQSHda ayol organlarini ko‘chirishga bir daqiqa qolganda komadan chiqdi

    Dunyo | 18 avgust, 18:30

    O‘zbekistonda Singapur modeli asosida iqtisodiy zona tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 18 avgust, 18:15

    Tadbirkorlarning uchdan bir qismida biznes faoliyati yaxshilangan — tadqiqot

    Iqtisodiyot | 18 avgust, 18:00

    Olimpiya shaharchasida barcha sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 17:46

    Nigeriyada qayiq ag‘darilib ketdi: 50 dan ortiq yo‘lovchi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 18 avgust, 17:45

    Ulg‘aygandan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan “Garri Potter” aktyorlari (foto)

    Kino | 18 avgust, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.