Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 20-turida “Chelsi” 27-yanvar, chorshanba kuni “Vulverhempton”ni qabul qildi.
Tomas Tuxel bosh murabbiylikka tayinlangandan keyingi ilk o‘yinda londonliklar g‘alaba qayd eta olmadi. Uchrashuv davomida ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi, ayniqsa, birinchi bo‘limda “Chelsi” raqibni kuchli bosim ostida ushlab turdi. Biroq hisob uchrashuv yakuniga qadar ochilmadi.
Shu tariqa Frenk Lempard iste’fosidan keyingi ilk bahs “Chelsi” uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. “Ko‘klar” 30 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. “Bo‘rilar” (23) esa 13-pog‘onada joy olgan.
APL
20-tur bahslari
27-yanvar, chorshanba
“Chelsi” — “Vulverhempton” 0:0
“Chelsi”: Mendi, Ryudiger, Chiluell (Pulishich, 76), Tiago Silva, Aspilikueta, Haverts, Ziyosh (Maunt, 82), Jorjinyo, Kovachich, Hadson-Odoi, Jiru (Abraham, 77).“Vulverhempton”: Ruy Patrisiu, Ait-Nuri (Xuver, 46), Kilmen, Boli, Semedu, Podense (Villian Joze, 72), Dendonker, Netu, Ruben Nevesh, Traore (Moutinyu, 90), Koudi.
Ogohlantirishlar: Netu (51), Chiluell (62).
“Byornli” — “Aston Villa” 3:2
Gollar: 0:1 – 14 Uotkins, 1:1 – 52 Mi, 1:2 – 68 Grilish, 2:2 – 76 Maknil, 3:2 – 79 Vud.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)