Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Spark va Nexia-3 to‘qnashuvida yo‘l chetida turgan ayol jabrlandi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, voqea 20-yanvar kuni soat 11:05 larda tumanning Amir Temur ko‘chasida yuz bergan.

1993-yilda tug‘ilgan F.S. Spark’da harakatlanayotib yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, chap tomonga burilayotgan vaqtida bir yo‘nalishda ortida harakatlanib kelgan, 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi O.X. boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashgan.

Zarb oqibatida Spark yo‘l chetida turgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda 1964-yilda tug‘ilgan piyoda D.S. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda piyodaning ahvoli yaxshi.

Ushbu YTH yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudiga yuborilgan.

Avvalroq Samarqandda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Toshkentda ham 4 ta avtomobil to‘qnashib, buning oqibatida 5 kishi jabrlangani, masofa saqlamaslik oqibatida 5 ta avtomobil to‘qnashgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazm viloyati sudlari 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchi besh sutkaga qamalgani bo‘yicha ma’lumot berdi
Mahalliy
Amrillo Inoyatov O‘zbekistondagi tug‘uruq komplekslari faoliyatini tanqid qildi
Mahalliy
Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilmagan. Sotuvda yo‘q ushbu avtomobillar qayerga “ketayotgani” maʼlum qilindi