Kanadaning Horizon Aircaft kompaniyasi vertikal ravishda ko‘tarilishga qodir Cavorite X5 uchar avtomobilining taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur transport vositasi 16 ta parrak bilan jihozlangan bo‘lib, besh nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Cavorite X5’ning gibrid motori 500 kilometrgacha parvozni amalga oshirishga imkon beradi. Maksimal tezligi soatiga 350 kilometrga yetadi.
Yo‘lovchilarsiz uchar avtomobil 1000 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Bu turdagi avtomobillarni ishlab chiqarishni 2024-yildan boshlash rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Moskvada bir marta quvvatlanish orqali 100 kilometr yo‘l bosa oladigan havo taksisi sinovdan o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)