Samarqandda to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 20-yanvar kuni soat 22:30 larda Samarqand viloyati Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek va Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chalari kesishgan chorrahada 1967-yilda tug‘ilgan R.E. boshqaruvidagi Nexia-2 hamda 2002-yilda tug‘ilgan J.E. boshqaruvidagi Lacetti to‘qnashgan.

To‘qnashuv zarbidan Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, 1976-yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Nexia hamda haydovchi 1980-yilda tug‘ilgan P.Z. boshqaruvidagi Cobalt avtomobillariga to‘qnashgan.

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanida Damas hamda “Samara” ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etgani, Bektemirda Howo og‘ir yuk mashinasi Cobalt ustiga ag‘darilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani hamda Toshkentda masofa saqlamaslik oqibatida 5 ta avtomobil to‘qnashgani haqida xabar berilgandi.