• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Ayollarni befarq bo‘lmaslikka chorlovchi saratonning 15 belgisi

    Ba’zan biz shunchaki deb qabul qiladigan kasalliklar oddiy ko‘ringani bilan ko‘plab jiddiy sabablarni olib kelishi, uning ortida xavfli kasallik rivojlanayotgan bo‘lishi ham mumkin. Lifehacker saratonning har doim ham e’tibor berilavermaydigan alomatlari bilan tanishtiradi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1. Ko‘krak terisi rangining o‘zgarishi

    Sut bezlarining qattiqlashishi har doim ham saraton alomati bo‘lavermaydi. Ammo o‘zingizda quyidagi simptomlarni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling:

    • terining tortilib qolishi yoki qipiqlanishi;
    • ko‘krak uchining ichkariga tortilib qolishi;
    • ko‘krak uchidan ajralmalar chiqishi;
    • ko‘krak yoki uning bir qismining qizarishi, toshmalar toshishi.
    Ushbu simptomlarning sababini aniqlash uchun shifokor mammografiya yoki biopsiya (davolash va kasallikni aniqlash maqsadida tirik odamning to‘qima yoki biror a’zosidan bir qismini kesib olib tekshirish) tekshiruvini tavsiya qilishi mumkin.

    2. Qorinning dam bo‘lishi

    Agar ushbu alomat uzoq vaqt davom etsa va qon ketishi hamda vazn yo‘qotish bilan birgalikda kechsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashing. Qorinning doimiy dam bo‘lishi yo‘g‘on ichak, ko‘krak, oshqozon-ichak tizimi, oshqozonosti bezi yoki bachadon saratonlarining belgisi bo‘lishi mumkin.

    Boshqa alomatlarni ham hisobga olgan holda ginekolog ko‘rigi, qon tahlili, mammografiya kolonoskopiya, kompyuter tomografiyasi va UTT (ultratovush tekshiruvi) kabi qator tekshiruvlar amalga oshiriladi.

    3. Hayz kunlaridan boshqa kunlarda qon ketish

    Hayz kunlaridan boshqa kunlarda qon ketishi turli sabablarga ko‘ra yuz berishi mumkin. Shunga qaramay endometriy saratoni uchun tekshiruvdan o‘tish zarur. Endometriy — bachadon ichidagi shilliq qavat.

    Agar qon ketishi menopauzadan keyin kuzatilayotgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

    4. Xollar

    Agar xollaringiz rangi, hajmi o‘zgarayotgan bo‘lsa yoki sizda yangi xollar paydo bo‘layotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang. Bu saraton kasalligining umumiy belgisidir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    5. Siydik va ahlatdagi qon 

    Sizdagi ushbu alomat bir necha kun kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling. Bu yo‘g‘on ichak saratoniga olib kelish mumkin. Siydikdagi qon esa qovuq va buyraklar saratonining ilk alomatidir. Biroq vahima qilishga ham shoshilmang, bu qovuq shamollashi— sistit bo‘lishi ham mumkin.

    6. Limfa tugunlaridagi o‘zgarishlar

    Limfa tugunlari yumaloq yoki oval shaklida bo‘ladi. Ular orqali turli organlardan keladigan limfa bezlari o‘tadi. Odatda, ular yuqumli kasalliklar paytida kattalashadi. Biroq ular ayrim saraton turlari, xususan, leykemiya va limfomada shishib, sezgir bo‘lib qoladi. Agarda shish va o‘sma bir oydan keyin ham o‘tib ketmasa shifokorga murojaat qiling.

    7. Yutinish qiyin bo‘lib qolsa

    Bu holat kamdan kam kuzatilsa, buning xavfli joyi yo‘q. Lekin tez-tez va qayt qilish, vazn yo‘qotish bilan birga kuzatilsa, tomoq, qizilo‘ngach va oshqozon saratoni uchun tekshiruvdan o‘tish zarur.

    8. Vazn yo‘qotish

    Ko‘plab ayollar ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni orzu qiladi. Ammo siz parhez va mashqlarsiz ham vazningizni yo‘qotayotgan bo‘lsangiz, bu muammo. Ayniqsa, yo‘qotilgan vazn besh kilogramdan oshib ketsa.

    Ko‘p hollarda bu holat saraton bilan bog‘liq emas. Uning sababi stress yoki qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lishi mumkin. Lekin saraton ham bundan mustasno emas: ushbu o‘zgarishlar oshqozon osti bezi, yo‘g‘on ichak, oshqozon hamda o‘pka saratonida kuzatilishi mumkin.

    9. Jig‘ildon qaynashi

    Ushbu alomatlar ko‘pincha ortiqcha ovqatlanish, spirtli ichimliklarni ko‘p ichish, stress yoki uchala sababdan ham kelib chiqadi. Bunday holatda ovqatlanish rejimingizni o‘zgartiring va bir-ikki hafta kuting, shunda ham o‘zgarish ro‘y bermasa, shifokorga murojaat qiling.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tez-tez kuzatiladigan jig‘ildon qaynashi — oshqozon va tomoq saratoni belgisi. Jig‘ildon qaynashi saraton tufayli kuzatilmayotgan bo‘lsa ham, u qizilo‘ngach shilliq qavatiga zarar yetkazishi va Barret qizilo‘ngachi deb nomlangan kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Unda qizilo‘ngachning normal to‘qimalari saraton oldi to‘qimalari bilan o‘rin almashishi mumkin.

    10. Og‘izdagi dog‘lar

    Og‘iz bo‘shlig‘ingizda sariq, kulrang, oq yoki qizil dog‘lar bor-yo‘qligiga e’tiborli bo‘ling. Ayniqsa, ko‘p cheksangiz. Bular barchasi og‘iz bo‘shlig‘i saratonini keltirib chiqarishi mumkin. Tekshiruvdan o‘tish uchun tish shifokori yoki terapevtga murojaat qiling.

    11. Isitma

    Uzoq vaqt tana harorati baland bo‘lsa va bu boshqa kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lmasa bu leykemiya yoki gemastozlarning boshqa turi alomatlari bo‘lishi mumkin. Shifokorga borishni kechiktirmang.

    12. Charchoq

    Charchoq ham kundalik hayotimizda organizm uchun normal holat sanaladi. Lekin bu uzoq davom etsa, e’tiborsiz bo‘lmang. Agar charchoq dam olganingizdan keyin ham davom etaversa, endokrinolog shifokor ko‘rigidan o‘ting.

    13. Yo‘tal

    Yo‘tal, odatda, 3–4 haftadan keyin o‘tib ketadi. Uzoq davom etayotgan yo‘talga jiddiy sabablar bor bo‘lishi mumkin. Ayniqsa siz nafas olishga qiynalayotgan bo‘lsangiz. Agar yo‘talganda qon aralash yo‘talsangiz, jiddiyroq chora ko‘ring, shifokorga murojaat qiling.

    14. Og‘riqlar

    Tanadagi tinimsiz og‘riqlar suyak, miya saratonlari belgilari bo‘lishi ham mumkin. Kasallik rivojlangan sari og‘riqlar kuchayadi. Siz sababini bilmagan bunday og‘riq bir oydan ortiq davom etsa, befarq bo‘lmang.

    15. Qorin og‘rig‘i va depressiya

    Depressiya bilan birgalikda kechayotgan qorin og‘rig‘i oshqozonosti bezi saratoni kasalligi alomati bo‘lishi mumkin. Bu juda kamdan kam hollarda bo‘ladi, darrov vahimaga hojat yo‘q. Agar oilangizda oshqozonosti bezi saratoni irsiy kasallik bo‘lsa, unda tekshiruvdan o‘tishingiz zarur.

    Mavzuga doir:

    • Ayollar salomatligini saqlash uchun muhim bo‘lgan tibbiy tekshiruvlar
    • Organizmda saraton xavfining oshishiga sabab bo‘ladigan “beozor” odatlar
    • Salomatlik borasida muntazam ravishda o‘tkazish kerak bo‘lgan 9 ta test
    • Qizilo‘ngach saratoni: e’tibordan chetda qoldirish mumkin bo‘lmagan 5 ta alomat

    27.01.2021, 14:22   Izoh (0)   45734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yashirin xavf: sochlarni quritmay uxlash qanday oqibatlarga olib keladi?

    26.01.2021, 17:47

    To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot

    26.01.2021, 08:56

    Organizmdagi shishlarni bartaraf qiladigan 3 mahsulot

    25.01.2021, 21:59

    Kompyuterda ishlaganda ko‘zlarda paydo bo‘ladigan charchoqni bartaraf etuvchi mashqlar

    24.01.2021, 17:58

    Qon bosimini tushirishga yordam beradigan 8 tavsiya

    24.01.2021, 11:52

    Gerpes ayollar uchun nimasi bilan xavfli?

    22.01.2021, 15:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.