Daryo

Ayollar salomatligini saqlash uchun muhim bo‘lgan tibbiy tekshiruvlar

Hazm jarayonida muammo borligi kolonoskopiya tekshiruvidan o‘tish uchun jiddiy sabab

2 daqiqa o‘qish35 980 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Freepik

Salomatlikda muammolar paydo bo‘lishiga yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi. Turli kasalliklarning oldini olish uchun esa shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak.

Foto: Freepik

Ko‘krak qafasini flyuorografiya yoki rentgen orqali tekshirish

Nima uchun kerak: sil, saraton va o‘pkadagi boshqa jiddiy kasalliklarni aniqlash uchun.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 18 yoshdan boshlab bir yilda bir marta.

Ko‘zning ichki bosimini o‘lchatish va ko‘rish qobiliyatini tekshirtirish

Nima uchun kerak: yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar va glaukomani aniqlash uchun.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 35 yoshdan keyin bir yilda bir marta.

EKG (Elektrokardiogramma)

Nima uchun kerak: yurak ritmi bilan bog‘liq muammolar, yurakni qon bilan ta’minlanishi qay darajada ekanini aniqlash uchun.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 40 yoshdan oshgan sog‘lom ayollarda yiliga bir marta.

Densitometriya

Nima uchun kerak: osteoporoz bor yoki yo‘qligini aniqlash va suyaklar mustahkamligini tekshirish uchun kerak.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 45 yoshdan yilda ikki marta.

Qorin bo‘shlig‘ini ultratovushli skrining orqali tekshirish

Nima uchun kerak: bachadonda o‘simta bor-yo‘qligini, siydik pufagi o‘lchami va uning holati, buyrakdagi toshlarni aniqlash uchun.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 18 yoshdan boshlab bir yilda bir marta.

Mammogramma

Nima uchun kerak: sut bezi kasalliklarini aniqlash va turli jiddiy oqibatlarning oldini olish uchun.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 40 yoshdan ayollar yiliga kamida 2 marta, 50 yoshdan keyin 1 yilda 1 marta. Ko‘krak sohasida og‘riq sezish tekshiruvdan o‘tish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.

Kolonoskopiya

Nima uchun kerak: ichaklarda saraton bor-yo‘qligini aniqlash uchun.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 50 yoshdan boshlab, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichaklarda o‘simta rivojlanish xavfi bo‘lmagan kishilarda 5 yilda bir marta. Hazm jarayonida muammo borligi tekshiruvdan o‘tish uchun jiddiy sabab.

Odam papillomasi virusiga (Human papillomavirus, HPV) tahlil topshirish

Nima uchun kerak: saraton kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgani sabab ham tekshiruv o‘ta muhim sanaladi.

Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 30 yoshdan 69 yoshgacha 5 yilda bir marta. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar