“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo va “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan hamkasblari Frenk Lempard haqida fikr bildirdi.
Frenk bu borada o‘z oilasi va yaqin do‘stlaridan boshqa men yoki yana boshqasi bilan gaplashishni xohlaydi deb o‘ylamayman. Qaysidir hamkasbim ishini yo‘qotganda, har safar tushkunlikka tushaman, Frenk esa shunchaki hamkasb emas. U mening faoliyatimdagi muhim odam, shu sabab u bilan sodir bo‘lgan voqeadan afsusdaman.Futbolning ayovsizligi shunda, ayniqsa zamonaviy futbolning. Shu tufayli murabbiy bo‘ldingizmi, demak, ertami, kechmi bu hodisa siz bilan ham sodir bo‘ladi.
Joze Mourinyo, “Tottenhem” bosh murabbiyi
Har qaysi murabbiydan g‘alaba talab qilinadi. Odamlar loyiha haqida gapiradi, biroq loyihalar mavjud emas. G‘alaba qozonish kerak, yo‘qsa iste’foga chiqarilasan.“Chelsi” 1,5 yillik faoliyatdan so‘ng Lempardni iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini Tomas Tuxel egallashi kutilmoqda.“Chelsi”ni ayblamoqchi emasman, biroq murabbiylar borasida sabr kerak. Klubning qarorini hurmat qilaman, shunday bo‘lishi ham kerak. Biz shunchaki iloji boricha ko‘proq o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz.
Qandaydir loyiha haqida gapirish qiyin. Agar raqiblaring kuchli bo‘lsa, bir oy ichida barpo qilgan barcha narsangdan ayrilishing mumkin. Har doim xavf bor.
Pep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)