“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Bundesliga doirasida “Shalke-04”ga qarshi kechgan 24-yanvar kungi o‘yinda (4:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Bu 34 yoshli futbolchi uchun Bundesligadagi 197-quruq o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa Noyer myunxenliklar sobiq darvozaboni Oliver Kanning rekordini (196 ta quruq o‘yin) yangiladi.
Noyer Bundesligada ketma-ket ikkita quruq o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida liga 2020/21-yilgi mavsumida umumiy miqdorda to‘rtta quruq o‘yin bor.
Manuel Germaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 15 ta quruq o‘yin o‘tkazgan va bu borada ligada eng yaxshi natija qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)