Daryo

Rasman: “Chelsi” Frenk Lempardni iste’foga chiqardi

“Chelsi” yana bir murabbiy bilan xayrlashdi

1 daqiqa o‘qish35 682 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard o‘z lavozimidan ozod etildi. Londonliklar 42 yoshli mutaxassis iste’fosini ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijalari va o‘yin saviyasining kutilganidek bo‘lmayotgani bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.

Lempard londonliklar boshqaruviga 2019-yilning yozida kelgandi. 2019/20-yilgi mavsumda jamoa Premyer Ligada 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasida esa 1/8 finalda “Bavariya”ga yutqazdi (0:3, 1:4).

“Chelsi” Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumining so‘nggi besh o‘yinida bitta g‘alaba qayd etdi. Jamoa 19-turdan keyin 29 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasining joriy mavsumida esa “Chelsi” guruhni birinchi o‘rinda yakunladi va 1/8 finalda “Atletiko” bilan o‘ynaydi.

The Athletic’ning xabar qilishicha, “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar