O‘zbekistonda o‘tgan hafta oxirida sovuq ob-havoni vujudga keltirgan antisiklon sovuq periferiyasi ta’siri pasaya boshladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
26-yanvar kuni respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari havo harorati 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechalari esa 3-6 daraja sovuq atrofida, ba’zi joylarda 8 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.
Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi, bu iqlim me’yorlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
25—27-yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 26-yanvar kuni 8 darajagacha sovuq bo‘ladi
Izoh (0)