Daryo

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan shamol tezligi kuchayib, qor yog‘adi

Yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish142 986 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston hududiga 21—23-yanvar kunlari G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiya (Moskva viloyati) Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo”

21-yanvar, payshanba kuni Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

22-yanvar, juma kuni respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21—22-yanvar kunlari shamol 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25—28 metr/sekundgacha yetadi.

22—23-yanvar kunlari havo harorati kechalari 5—10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0—5 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 12—15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5—8 daraja sovuqqacha pasayadi.

22—23-yanvar kunlari o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 8—10 darajaga past bo‘ladi.

Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘lishi, ammo hafta oxirlariga borib qishki ob-havo mamlakatga qaytishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: “Derazalar yaxshi yopilyaptimi, shamol kirmayaptimi, eshiklar yopiladimi?”. Energetika vaziri yanvar oyi oxirida kutilayotgan sovuq ob-havoga tayyorgarlik ishlari haqida

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar