• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Azaliy muammo. Quddusning Isroil poytaxti deb e’lon qilinishi arab–Isroil munosabatlariga qanday ta’sir qildi?

    1950-yil 23-yanvar kuni Isroil parlamenti Knesset Quddusni mamlakat poytaxti deb e’lon qildi. Bu esa bir qator arab davlatlarida katta noroziliklar keltirib chiqardi. “Daryo” mazkur voqea va arab mamlakatlari hamda Isroil o‘rtasida yuzaga kelgan ixtiloflar tarixi haqida hikoya qiladi. 

    Isroil davlatining tashkil topishi

    Yaqin sharq, bu eng avvalo, nasroniylik, yahudiylik va islom dini tutashgan jo‘g‘rofiy hududdir. Bu hududda istiqomat qiluvchi xalqlar qadimiy tarix va madaniyat bilan ko‘plab sayyohlarning va siyosatchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. Siyosatchilar, jamiyatshunoslar, tarixchilar uchun esa bu mintaqada Isroil davlatining tashkil topishi-yu, uning yaqin qo‘shnilari arablar bilan munosabatlari yanada ko‘proq qiziqishga sabab bo‘ladi. Isroilning o‘zi uchun ham arab qo‘shnilari bilan munosabat eng ahamiyatli mavzulardan biriga aylangan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Arablar va Isroil o‘rtasidagi nizolashuv tarixi 1947-yilning 29-noyabr sanasiga borib taqaladi. O‘sha paytda BMTning maxsus qo‘mitasi Falastinni ikki qismga bo‘lish va yaxlit Falastin hududida ham arab, ham yahudiy davlatini tuzish rejasini qabul qiladi. Rejaga binoan Quddus va Vifleyemda xalqaro boshqaruv ostidagi tizimga tartib beriladi. BMT rejasiga ko‘ra, Iordan daryosining 56 foiz qismi yahudiy millatiga, 43 foizini arab xalqiga berish nazarda tutildi. Bu rejaga qo‘shimcha tarzda arablar va yahudiy jamoalarini nizoga bormasligi uchun bojxona ittifoqi, suv va energetika masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mita tuzish ham rejaga kiritiladi.

    Biroq 1947-yilda BMT tarkibida bo‘lgan Misr, Saudiya Arabistoni, Iroq, Yaman, Livan, Suriya davlatlari  BMTning Falastinni ikkiga ajratish rejasiga qarshi chiqadi. Arab davlatlari ligasi va Oliy Arab Kengashi tashkiloti ham BMTning mazkur rejasiga qarshi chiqadi va BMT rejasini qabul qilinishiga bor kuchlari bilan qarshilik qilishni ma’lum qilishadi.  1948-yilning 14-may sanasida Falastinni nazorati ostiga olgan Buyuk Britaniya mandati muhlati nihoyasiga yetgach, Isroil o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Mustaqil Isroil davlatining e’lon qilinishi arab davlatlarining jahlini chiqaradi. Natijada bir tarafda Misr, TransIordaniya (1950-yildan Iordaniya qirolligi), Livan, Iroq boshqa arab davlatlari ko‘magida Isroilga qarshi urush ochadi. Isroil davlatchiligining tashkil qilinishi davri hozirga qadar hal qilinmay kelayotgan arab–yahudiy nizosini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

    1947-1949-yillarda yuzaga kelgan dastlabki arab-yahudiy urushi natijasida g‘arbiy Galileya hududi va dengizga tutash Quddus yo‘lagi yahudiy davlati tasarrufiga o‘tadi va arab davlatlari bilan Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish borasida shartnoma imzolanadi. Quddus shahri ikki qismga ajratilib, Iordaniya va Isroil davlati nazoratiga o‘tkaziladi. Oradan bir yil o‘tib Isroil davlatining birinchi bosh vaziri David Ben Gurion Quddusni Isroilning poytaxti ekanligini e’lon qilsa, 1950-yilning 23-yanvar sanasida Isroil parlamenti – Knesset ham Quddusni Isroil davlatining poytaxti ekanligini e’lon qiladi. Otashkesim bitimiga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi  abadiy amal qilishini kutishgandi, biroq arab davlatlari Isroilning mustaqilligini tan olishni va Isroil bilan muzokaralar olib borishni istashmaydi. Isroil urush natijasida BMT belgilab bergan hududlarga nisbatan anchayin katta hududni bosib olishga erishgandi. Qolaversa, mustaqil Falastin davlatini tuzish belgilangan hududlar Misr va Iordaniya nazoratiga beriladi. Yarim milliondan ko‘proq bo‘lgan arab qochqinlari urush amaliyotlari bo‘layotgan hududdan qochib, G‘azo va Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘iga ko‘chib o‘tishadi. Arab davlatlari Isroil hukumatiga qochoq falastinliklarga  o‘z ona yerlariga qaytishga ruxsat berilishini talab qiladi, ammo Isroil hukumati arab davlatlari talabini rad qiladi. Isroil hukumati nazarida talabni bajarish bu yahudiy jamoasining kelajagini xavf ostiga qo‘yish bilan barobar edi. Qolaversa, Isroil hukumatining Iordan daryosi suvlari o‘zanini o‘zgartirish, demilitarizatsiya hududlarini nazorat qilish borasida kelib chiqadigan nizolar ortidan arab va yahudiy jamoalari o‘rtasida ixtiloflar yuzaga kela boshlaydi. Arab davlatlari Isroilni yakkalab qo‘yish va Isroilga nisbatan boykot siyosatiga zo‘r bera boshlaydi. Misr hukumati Isroilga Suvaysh kanalidan foydalanishni taqiqlab qo‘yadi, sal keyinroq 1951-yilda rasmiy Qohira Isroilning Qizil dengizga chiqish imkonini beradigan hududni ham berkitib qo‘yadi. Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi va G‘azodagi falastinliklar Isroil chegarasida yahudiy jamoasiga qarshi hujumlar uyushtira boshlaydi. Isroil ham o‘z navbatida jazo otryadlarini falastinliklarni jazolash uchun yuborar va Misr hamda Iordaniyani hujumlar ortida turgan aybdorlar sifatida ko‘radi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1956-yilning iyul oyida Misr Sinay yarim oroliga qo‘shin kiritadi va Suvaysh kanalini natsionalizatsiya qiladi. Natijada Fransiya va Buyuk Britaniya hukumatlari Misrning ushbu harakatiga qarshi norozilik notasini yuboradi. Bu ham yetmaganiday, Buyuk Britaniya va Fransiya hukumati Misrda Jamol Abdul Nosir hukumatini to‘ntarish maqsadida Isroil bilan birgalikda 1956-yilning 29-oktabr sanasida G‘azo hududi va Sinay yarim oroliga qo‘shin kiritadi. Sovet Ittifoqi va AQShning siyosiy bosimi natijasida Isroil va uning g‘arblik ittifoqchilari o‘z qo‘shinlarini Misr va G‘azo hududidan olib chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Keyingi o‘n yil mobaynida Isroil va Iordaniya, Isroil va Suriya o‘rtasida suv va chegara oldi hududlari sabab bir qator kichik mojarolar sodir bo‘ladi.

    Olti kunlik urush

    Isroilning arab davlatlari bilan ixtiloflari tarixda “Olti kunlik urush” deb nomlangan siyosiy mojaroga olib keladi.  Isroilning Misrga raketa hujumlari oqibatida 1967-yilning 5-iyun sanasida Misr, Iordaniya, Suriya, Iroq Isroilga qarshi urush ochadi. Urushning dastlabki soatlarida Isroil harbiylari birlashgan arab davlatlarining bir qancha uchoqlarini yo‘q qiladi va Isroilning quruqlikdagi qo‘shinlari G‘azo hududi va Sinay yarim orolini yana bosib oladi. Iordaniya va Suriya ham Quddusning sharqini va Golan tepaliklarini Isroilga boy beradi. Bosib olingan hududlarda Isroilning harbiy ma’muriyati yuzaga keladi.

    Olti kunlik urush davomida Isroil o‘z hududidan bir necha marta katta bo‘lgan hududlarni bosib oladi. Dunyo hamjamiyati Isroilning mazkur siyosatini tanqid qiladi. Isroil bosib olingan hududlarni arablarga qaytarib berishga rozi bo‘ladi. Sharti esa arab davlatlari Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashi kerak edi. Ammo arab davlatlari o‘z mag‘lubiyatini tan olmaydi va 1967-yilning sentabrida sakkiz arab davlatlarining Sudan poytaxti Xartumdagi uchrashuvi chog‘ida Isroil bilan urush holatini saqlab qolishga qaratilgan “uch yo‘q” nomi bilan tarixga kirgan tamoyilni ishlab chiqishadi. Bu tamoyilga ko‘ra, Jazoir, Misr, Iordaniya, Iroq, Kuvayt, Livan, Suriya va Sudan Isroil bilan tinchlik shartnomasi imzolanmasligini, Isroilni mustaqil davlat sifatida tan olmaslik va Isroil bilan hech qanday muzokaralar olib bormaslikni kelishib olishadi. Mazkur hujjat esa arablarning Isroil bilan uzoq davom etib kelayotgan dushmanona kayfiyatining asosi bo‘ldi.

    Yom Kippur (Mahshar) urushi

    1968–1973-yillarda Misr hukumati Isroilga qarshi chegara oldi hududlarida holdan toydiruvchi urush  olib bordi. Natijada, 1973-yilning oktabr oyida arab davlatlari va Isroil o‘rtasida navbatdagi urush boshlandi. Bu paytda Isroil Yom Kippur bayramini nishonlar edi. Arab davlatlarining hujumi to‘satdan boshlanadi. Misr va Suriya qo‘shinlari Sinay yarim oroli va Golan tepaliklarini yashin tezligida bosib olib, Isroil ichkarisiga kirib boradi. Urushning dastlabki ikki kuni mobaynida g‘alaba arab davlatlari tarafida bo‘lgan bo‘lsa, asta-sekin tarozi pallasi Isroil tarafga yon bosa boshladi. Arablarning olti kunlik urushdagi mag‘lubiyati ularda o‘ch olish shijoatini ko‘tarib yubordi, ular ikki kunlik zafarlardan faxr hissini tuyishdi. Mahshar urushi o‘z navbatida dunyoning ko‘p mamlakatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Neftga boy arab mamlakatlari Isroil va uning ittifoqchilariga nisbatan siyosiy va iqtisodiy bosim ham o‘tkazishdi. OPEK tashkiloti G‘arb davlatlariga neftni sotish borasida embargo qo‘lladi, neft narxini uch karra ko‘tardi. Bu esa 1973-yildagi neft inqirozining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Afrikaning 28 mamlakati Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Germaniya demokratik respublikasi, Saudiya Arabistoni, Marokash qirolligi, Kuba, Sovet Ittifoqi arab ittifoqchilariga moliyaviy va harbiy yordam yetkazib berishdi.

    AQSh davlat kotibi va prezident maslahatchisi Genri Kissinjer Moskvaga siyosiy nizoni hal qilish maqsadida tashrif buyuradi. 20-22-oktabr sanasida Moskvadagi uchrashuv chog‘ida BMT xavfsizlik kengashining 338 raqamli qarori qabul qilindi. Bu qarorga binoan urushayotgan taraflar BMT xavfsizlik kengashining 1967-yilda qabul qilgan 242 qarorida nazarda tutgan shartlarga to‘liq bo‘ysunishi va o‘t ochishni to‘xtatishi lozim edi. Misr hukumati BMT xavfsizlik kengashining qarorini qabul qilgan bo‘lsa, Suriya va Iroq bu qarorga itoat qilishmaydi. Biroq 1973-yilda Jenevada Sovet Ittifoqi va AQSh kuzatuvi ostida Misr va Iordaniya  hamda Isroil o‘rtasida tinchlik bitimi imzolanadi. Isroil hukumati o‘z harbiylarini Golan tepaliklaridan olib chiqib ketadi.

    1970-yillarning ikkinchi yarmida Misr prezidenti Anvar Sadat Isroil bilan yarashuvga boradi va 1977-yilning noyabr oyida Isroilga Misr hukumatining ilk tashrifini tashkil qiladi va Isroil parlamenti Knessetda tinchlik taklifi bilan nutq so‘zlaydi. Isroil bosh vaziri Menaxem Begin Isroil davlatining bo‘linishini istamagan bo‘lsada, rasmiy Qohira bilan murosa qilishga majbur bo‘ladi. Isroil hukumati bosib olingan Sinay yarim orolini Misrga qaytarib berishga ko‘nadi. Shu tariqa 1978-yilda AQSHdagi Kemp Devidda AQSh prezidenti Jimmi Karter raisligida o‘tgan uchrashuvda Anvar Sadat va Menaxem Begin tinchlik shartnomasini imzolaydi va bosib olingan Sinay yarim oroli Misrga qaytarib berilishi rasmiy tarzda amalga oshadi.

    Isroil–Livan urushi

    1970-yillarning oxiriga kelib Livan va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar ancha keskin tus ola boshlaydi. Isroil hukumati havo hujumlari uyushtirgan holda Livan poytaxti Bayrutni o‘qqa tutadi. Xalqaro jamoatchilik esa Isroilning xatti-harakatlarini keskin tanqid qilib chiqadi.

    1982-yilning 6-iyun sanasida Isroil hukumati “Galileyda tinchlik” nomli harbiy amaliyotni boshlab yuboradi. Maqsad Livan janubidagi Falastin ozodlik harakatini yo‘q qilish edi. Bayrutda olib borilgan ikki oylik harbiy harakatlardan so‘ng  urush yakuniga yetadi va 1982-yilning dekabr oyida Livan va Isroil hukumati tinchlik muzokaralarini olib boradi. 1983-yilning 17-may sanasida Isroil va Livan o‘rtasida urush tugatilgani haqida e’lon qilinadi. Isroil o‘z qo‘shinlarini Livan hududidan olib chiqish majburiyatini olib, mamlakat janubida “xavfsiz hudud” maydonini tashkil qiladi.

    1988-yilda Falastin ozodlik harakati lideri Yosir Arofat BMT xavfsizlik kengashi qaroriga muvofiq Isroilni davlat sifatida tan olishini, evaziga Isroil tarafini olti kunlik urush natijasida bosib olingan hududlarni ozod qilishga chaqiradi. 1989-yilga kelib Isroil hukumati ham arab davlatlari bilan urush amaliyotlarini to‘xtatish tashabbusi bilan chiqadi. Biroq 1991-yilda Iroqning Kuvaytga urush ochishi arab-yahudiy nizolariga yechim topish masalasini yana ikkinchi darajali loyihaga aylantirib qo‘yadi.

    Yaxshilanib borayotgan munosabatlar

    1994-yilda Iordaniya va Isroil tinchlik bitimini imzolaydi va diplomatik munosabatlar o‘rnatiladi. Isroil hukumati Iordaniyaga tabiiy gaz va ichimlik suvi yetkazib berish evaziga Iordaniyaning urush boshlamaslik kafolatini qo‘lga kiritadi.

    1990-yil o‘rtalariga kelib Falastin va Isroil munosabatlarida ham iliqlik kuzatiladi. Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Bahrayn, Qatar, BAA va Ummon sultonligi ham norasmiy tarzda Isroil bilan o‘z munosabatlarini yaxshilashga harakat qila boshlaydi. Sabab esa, Erondan kelayotgan xavf arab davlatlarini Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga asos bo‘layotgan bo‘lsa, boshqa tarafdan arab mamlakatlari Isroildagi yuqori texnologiyalardan bahramand bo‘lish va qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, suvsozlik va suv ta’minoti, cho‘llashishga qarshi kurashish va harbiy-texnik sohalarda hamkorlik qilishga bo‘lgan istakdir. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Ummon sultonligiga tashrifi ham arab-yahudiy munosabatlarini yaxshilash uchun ijobiy qadam sifatida baholandi.

    Keyinroq esa BAA va Isroil o‘zaro aloqalarni yaxshilash uchun kelishib olishdi. 2020-yilning 29-avgust sanasida BAA hukumati Isroilga nisbatan e’lon qilingan boykotni bekor qilishini ma’lum qildi. Kelishuvga binoan Isroil hukumati BAA hududiga o‘z mahsulotlarini olib kirishi, BAA kompaniyalari va kichik tadbirkorlik subyektlari isroillik biznesmenlar bilan har qanday moliyaviy va biznes sherikchilikni rivojlantirishlariga ruxsat berildi. 31-avgust sanasida esa Isroildagi xalqaro Ben Gurion aeroportidan BAAga dastlabki tarixiy parvoz amalga oshirildi. Isroil milliy xavfsizlik kengashi raisi Meir Ben Shabbat, AQSh milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi Robert O’Brayan va AQSh prezidentining katta maslahatchisi Jared Kushner BAAga ilk parvozni amalga oshirgan uchoqning sayyohlari bo‘lishdi.

    Marokash qirolligi ham Isroil bilan diplomatik munosabatlarni  yo‘lga qo‘yayotgan oltinchi arab mamlakati bo‘ldi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    22.01.2021, 23:43   Izoh (0)   69396
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pentagon rahbari etib Lloyd Ostin tasdiqlandi. U ushbu lavozimni egallagan birinchi afroamerikalik bo‘ldi

    22.01.2021, 23:27

    Jo Bayden AQSh prezidenti xonasini o‘ziga moslab o‘zgartirdi. Hatto qizil tugma ham stoldan g‘oyib bo‘ldi

    22.01.2021, 23:12

    Koronavirusga chalinish xavfini kamaytirish yo‘li ma’lum qilindi

    22.01.2021, 22:42

    Putin prezident tomonidan tayinlangan amaldorlar uchun yosh chegarasini bekor qilishni taklif qildi

    22.01.2021, 22:26

    Baydenning inauguratsiyasini Trampnikidan ko‘proq teletomoshabinlar kuzatdi

    22.01.2021, 22:11

    AQSh mamlakatga keluvchi barcha uchun karantin joriy etadi

    22.01.2021, 18:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    1Lubricants — Mobilʼning rasmiy distribyutori mijozlar uchun Turkiyadagi ExxonMobil zavodiga ekskursiya uyushtirdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz Qashqadaryo viloyatidagi yirik ofislardan birini to‘liq yangiladi


    Har kuni ilhomlanmoqlik uchun. Nega ASUS ProArt P16 ijodkorlar uchun eng kerakli vosita?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Iqtisodiyot va pedagogika universitetida kontrakt 10 mln so‘mdan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.