Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2020-yilning eng yaxshi milliy chempionatlari reytingini e’lon qildi.
2006-yildan keyin ilk bor Italiya chempionati birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kuchli uchlikdan Angliya va Braziliya ligalari o‘rin oldi.
Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston Superligasi 286 ochko bilan 48-o‘rinda qayd etildi. Qayd etish joiz, Superliga 2019-yilga (67) qaraganda 19 o‘rin yuqorilagan. O‘zbekiston chempionati OFK mintaqasida Janubiy Koreya (20), Saudiya Arabistoni (31), Yaponiya (38) va Xitoydan (43) keyin beshinchi bo‘lib turibdi.
Kuchli o‘nlik bilan tanishing:
1. Italiya – 1026 ochko.
2. Angliya – 1003.
3. Braziliya – 964.
4. Ispaniya – 954.
5. Germaniya – 864.
6. Portugaliya – 721.
7. Fransiya – 661.
8. Paragvay – 610,5.
9. Argentina – 603.
10. Ekvador – 579,5.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)