• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ular Messining taqdirini hal qiladi. “Barselona” prezidentligiga kimlar da’vogarlik qilmoqda?

    Kataloniyaning “Barselona” klubida katta o‘zgarishlar kutilmoqda. O‘tgan 2020-yilda klub prezidentligidan iste’foga chiqarilgan Xosep Bartomeuning o‘rniga kelgan yangi rahbar katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Xo‘sh, ushbu lavozimni egallash uchun kimlar da’vogarlik qilmoqda? Ular nimalarni taklif qilinmoqda, Messining taqdiri qanday kechadi? Quyida aynan mana shu savollarga to‘xtalib o‘tiladi.

    Nomzodlar kimlar?

    Faqatigina uch kishi Xoan Laporta, Viktor Font va Toni Freysha – saylovlarda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan imzolarni (klub a’zolarining) taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi.

    Laporta 10 272 imzo to‘plashga muvaffaq bo‘ldi (shulardan 9 625 tasi haqiqiy deb topildi), Font 4 713 (4 431 tasi haqiqiy), Freysha esa 2 882 (2 634).

    “Barsa” prezidentligiga da’vogarlik qilmoqchi bo‘lgan yana olti nafar nomzod – Agusti Benedito, Xavi Vilaxoana, Xordi Farre, Luis Fernandes Ala, Pere Riyera va Emili Ruzod saylovgacha bo‘lgan jarayondan o‘ta olmadi.

    Xo‘sh, kim o‘zi bular?

    Foto: Diario Sport

    Foto: Diario Sport

    48 yoshli Viktor Font Delta Partners kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori hisoblanadi. Kompaniya strategik konsalting, korporativ moliya va telekommunikatsiya, ommaviy axborot vositalari hamda texnologiyalar sohasiga ixtisoslashgan. Shuningdek, u Ara gazetasining hammuassisi va direktori hamdir.

    Font uzoq vaqtdan beri “Barselona” bilan bog‘langan bo‘lib, 2010 va 2015-yillarda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ham qatnashgan, ammo o‘z nomzodini ilgari surmagan. U hozirgi saylov kampaniyasini 2018-yildayoq “Kelajakka ha” shiori ostida boshlagan. Font jamoasidan taniqli tennischi Rafael Nadalning amakisi va uzoq yillik murabbiyi Toni Nadal ham o‘rin olgan.

    Foto: Marca

    Foto: Marca

    58 yoshli professional advokat Xoan Laporta esa 2003–2010-yillarda “Barselona”ni boshqargan va hozirda imzolar soni bo‘yicha bo‘lajak saylovlarning favoritiga aylandi. Uning shiori: Biz “Barsa”ni sevamiz. Dekabr oyida u Madriddagi “Santyago Bernabeu”dan 150 metr uzoqlikdagi binoga ulkan banner joylashtirib, unga o‘z portreti va “Siz meni yana ko‘rishni xohlaysiz” yozuvini tushirdi.

    Foto:<span class=Infobae" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Foto:Infobae

    52 yoshli advokat Toni Freysha 2015-yilda “Barselona” prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘ygan, ammo u o‘shanda to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalangandi. Freysha o‘z kampaniyasini “Barsaga sodiqmiz” shiori ostida ilgari surmoqda. U “Barselona” direktorlar kengashida Laporta, Sandro Rossel va Xosep Bartomeu rahbarligida ham bo‘lgan.

    Ular nimalarni taklif qilmoqda?

    Font “Barselona” sobiq sardori Xavini jamoaning bosh menejeri sifatida ko‘rmoqda. Xordi Kroyff (Yoxan Kroyffning o‘g‘li) esa sport direktoriga aylanadi. Yoshlar sektorining sobiq rahbarlaridan biri, Xavi va Karles Puyol singari futbolchilarning karyerasini boshlab bergan Xoan Vila ham ma’lum lavozimni egallaydi.

    Fontning biznes-rejasi audiovizual kontent va kibersport kabi yangi daromadlarni o‘z ichiga oladi.

    Laporta Yoxan Kroyfning falsafasini afzal biladi. “Ushbu falsafa bilan biz yana g‘alaba qozonishni boshlaymiz. Bizda g‘oliblik ruhiyati bor va biz “Barsa”ning yana quvonch ulashishi uchun juda ko‘p mehnat qilamiz”, – deydi u. Laporta Leo Messi bilan aloqalari juda yaxshi ekanligini va argentinalikni jamoada olib qolish eng ustuvor vazifalardan biriligini ta’kidlaydi.

    Iqtisodiy siyosat nuqtayi nazaridan Laporta qarz majburiyatlarini chiqarishni istaydi. Aynan shu orqali “Barselona” hozirda jamoaga kerak bo‘lgan likvidlikni olishi mumkin bo‘ladi.

    Freysha esa klub yo‘qotgan qadriyatlarni tiklamoqchi. Shu jumladan, La Masiya – “Barselona” akademiyasining chayqalgan pozitsiyasini ham. Agar u saylovda g‘olib chiqsa, Luis Karreras sport direktori lavozimiga tayinlanadi. Bundan tashqari, Freysha Neymarni qaytarish fikrini umuman ma’qullamaydi.

    “Neymar barcha uslubiy parametrlarga javob beradi, ammo u klubdagi faoliyati davomida namoyish etmagan ko‘plab boshqa xususiyatlar ham mavjud”, – deydi braziliyalik futbolchi haqida Freysha.

    Messi haqida gap ketganda, u argentinalik bilan futbolchining klubdagi kelajagi haqida muhokama o‘tkazishga tayyor.

    “Leo klubdagi ishlar qanday ekanini biladi. U “Barsa”ni hamma narsadan ustun qo‘yadi, u bu yerda o‘ynashni va muvaffaqiyat qozonishni istaydi. Agar men prezident bo‘lsam, unga nima deyishimni bilaman va birinchi navbatda uni tinglayman”, – deydi u.

    Freyshaning yana bir muhim g‘oyasi – yangi stadion barpo etishdir.

    Saylov qachon o‘tkaziladi?

    Aslida ovoz berish jarayonlari 24-yanvarga belgilangandi. Biroq 15-yanvar, juma kuni “ko‘k-anorranglilar” koronavirus tufayli saylov  keyinroq muddatga qoldirilganini e’lon qildi (Marca ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning 7-mart sanasi varianti ma’qullangan). Voqealar rivoji qanday yakun topishini vaqt ko‘rsatadi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

     

    20.01.2021, 15:35   Izoh (0)   14130
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zim haqimda nima deyishni bilmayman”. Eng kamtar futbolchi Ngolo Kante intervyusi

    20.01.2021, 14:00

    Xavyer Mendes: “Konor va Habibning yuzma-yuz kelib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”

    20.01.2021, 13:00

    “Barselona”, “Real” va “Bavariya” klublari “Inter” yetakchisi uchun kurashadi

    20.01.2021, 12:16

    Krishtianu Ronaldu “Real” prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    20.01.2021, 11:39

    “Roma” 9 kishi qolib mag‘lubiyatga uchradi va Italiya Kubogini tark etdi

    20.01.2021, 08:32

    APL. “Lester” o‘z uyida “Chelsi”ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

    20.01.2021, 07:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31

    Nima uchun bolalar orasida erta balog‘atga yetish holatlari ko‘paymoqda?

    Farzand | 8 avgust, 15:30

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.