• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘zim haqimda nima deyishni bilmayman”. Eng kamtar futbolchi Ngolo Kante intervyusi

    Zamonaviy futbolning eng kamtar futbolchilaridan biri, “Chelsi” va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kante “uchranglilar” futbol federatsiyasi saytiga intervyu berdi, o‘yinchi unda futbolga kirib kelishi, esda qolarli lahzalar va ko‘plab boshqa turdagi savollarga javob berdi. Quyida ushbu suhbat o‘quvchilar uchun o‘zbek tilida taqdim etiladi.

    Ngolo Kantedan kichik haqiqatlar

    Foto: FFF

    Foto: FFF

    — Sizda eng yaxshi taassurot qoldirgan futbolchi kim?

    — Braziliyalik Ronaldo. Menda uning gollari yozilgan DVD-kassetasi bor edi. YouTube va shu kabi platformalar paydo bo‘lgach uning harakatlari va texnikasini kuzatishni yaxshi ko‘rardim. U Maradona bilan birga men judayam qadrlagan futbolchi.

    — Gollar borasida didliman deya olasizmi?

    — Albatta! Futbol bilan shug‘ullanishni kech boshlaganimga qaramay, 10 yoshimda do‘stlarim bilan ko‘p o‘ynaganman. Biz Ronaldo yoki Ronaldinyoning videolarini tomosha qilardik va maydonda ular qilgan harakatlarni takrorlamoqchi bo‘lardik. Tomoshabin sifatida chiroyli o‘yin namoyish etadigan futbolchilarni biz yaxshi ko‘rardik. Ehtimol, men hozir bunday futbolchi emasdirman (kuladi).

    — Futbolda sizga yoqadigan harakat qaysi?

    — Gol bilan yakunlanadiganlari. Bu uzatma bo‘lishi ham mumkin. Ammo men jamoaga yordam beradigan himoyaviy harakatlarni ham yaxshi ko‘raman. Jamoa uchun foydali bo‘lgan harakatlarni sevishni o‘rgandim.

    — Kimga qarshi o‘ynash sizga yoqmaydi?

    — Tanishlarim yoki do‘stlarim bilan bellashishni yoqtirmayman.

    — Londonda (“Chelsi”da) terma jamoadan (Fransiya) kimni tez-tez uchratasiz?

    — Kurt Zuma va Olivye Jiru. Ehtimol, biz klubdan tashqarida ham uchrashishimiz mumkin, ammo bu kamdan kam holatlarda uchraydi, boisi biz har kuni mashg‘ulotlarda bir-birimizni ko‘ramiz.

    — Fransiya jamoasining kiyinish xonasida qanday musiqa yangraydi?

    — Hammasidan ozginadan bor: amerikacha yoki fransuzcha rep, shuningdek, Lotin Amerikasi musiqasi. Ammo men buni boshqarmayman. Bizning dijeylarimiz Antuan Grizmann va Presnel Kimpembe.

    — Sevimli mashg‘ulotingiz nima?

    — Men oilam, do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘raman, sayr qilamiz, PlayStation o‘ynaymiz. Uyim – sevimli maskanim. Men u yerda ko‘p vaqt o‘tkazaman. Yaqinlarim bilan birga tamaddi qilamiz va vaqti-vaqti bilan London bo‘ylab aylanamiz. Bu shaharda o‘zimni yaxshi his qilyapman.

    — Film yoki serial?

    — Ko‘proq film, lekin seriallarni ham tomosha qilaman. Muammo shundaki, agar serial ko‘rishni boshlasam, uni oxirigacha yetkazaman.

    — Agar futbolchi bo‘lmaganingizda…

    — Buxgalteriya hisobini o‘rganganman, shuning uchun o‘qishni davom ettirib, hisobchi bo‘lardim. Bu men xohlagan narsa emas, lekin bu o‘tmishim, 21 yoshimda “Bulon”ning asosiy jamoasiga o‘tib, o‘qishni tashlaganman.

    — Sizda futbolga bo‘lgan ishtiyoqni kim vujudga keltirgan?

    — Akam va uning do‘stlari, keyin maktabdagi do‘stlarim hamda bizning hududdagilar.

    — O‘yinlaringizni kim tahlil qiladi?

    — Murabbiyim, qarindoshlarim, ayniqsa, birga o‘ynagan do‘stlarim. Shuningdek, o‘zimni o‘zim tanqid qilib turaman.

    — Eng yorqin hissiyotingizni ayta olasizmi?

    — Har bir klubimdagi ilk gollarim. Bolaligimda “Syuren”da urgan birinchi golimni eslayman. Butun yil davomida gol urolmagandim. Mavsum oxirida Il-de-Frans musobaqalari o‘tkazildi. Burchakdan oshirib berilgan to‘pga boshim bilan zarba berdim. To‘pni to‘rda ko‘rganimda, butun maydonni yugurib chiqdim, jamoadoshlarim esa ortimdan ergashdi. Birinchi golim juda zo‘r bo‘lgandi.

    Foto: FFF

    Foto: FFF

    — Eng yaxshi fazilatlaringiz qaysilar?

    — Bu haqda gapirish men uchun emas ... Bunday qila olmayman.

    — Kamchiliklaringiz-chi?

    — Bunaqasi bor. Ishontirib aytamanki, o‘zim haqida gapirishim qiyin. Aytaylik, o‘zim yoki yaqinlarim haqida gapira olmayotganim aybimdir, buning yaxshi yoki yomon sifat ekanligini o‘zingiz hal qiling.

    Foto: FFF

    Foto: FFF

    Ilk bor

    Ilk bor to‘pga teginish

    Uyim oldida akam va uning do‘stlari bilan futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Men o‘shanda bog‘cha yoshida edim, 4 yoki 5.

    Ilk klub

    “Syuren”. 5-sinfdaligimda o‘qituvchi maslahati bilan 10 yoshimda ushbu klubga qo‘shilgandim. Biz basketbol va regbi musobaqalarida qatnashardik, men yaxshi o‘ynardim va u oilamga mening ushbu sport turi bilan shug‘ullanishimni maslahat bergan. Regbi va futbol o‘rtasida tanlov qilishim kerak edi. Men futbolni tanladim.

    Ilk xotira

    To‘liq futbol kiyimida, ya’ni, butsi, getri va maxsus libosda maydonga tushgan o‘yinim. Haqiqiy uchrashuvlarda bizga boshqa shahar jamoasi raqiblik qilgan. Ammo biz birinchi navbatda zavq olish uchun o‘ynardik. Buni eslashni yaxshi ko‘raman.

    Ilk pozitsiya

    O‘ng qanot yarim himoyachisi. Men har doim yarim himoyachi bo‘lganman. Bu rolda o‘zimni qulay his qilaman. Men o‘yinda qatnashishni yaxshi ko‘raman: himoyada yordam berish, hujumda qatnashish, butun maydon bo‘ylab o‘ynash. Bu pozitsiya menga to‘liq mos keladi.

    Manba

    Mavzuga doir: Voz kechilgan hashamat: Millionlar o‘yinidagi eng kamtar millioner Ngolo Kante qanday hayot kechiradi?

    20.01.2021, 14:00   Izoh (0)   13233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xavyer Mendes: “Konor va Habibning yuzma-yuz kelib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”

    20.01.2021, 13:00

    “Barselona”, “Real” va “Bavariya” klublari “Inter” yetakchisi uchun kurashadi

    20.01.2021, 12:16

    Krishtianu Ronaldu “Real” prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    20.01.2021, 11:39

    “Roma” 9 kishi qolib mag‘lubiyatga uchradi va Italiya Kubogini tark etdi

    20.01.2021, 08:32

    APL. “Lester” o‘z uyida “Chelsi”ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

    20.01.2021, 07:57

    Bundesliga. “Borussiya D” safarda “Bayer”ga yutqazdi, “Borussiya M”da g‘alaba

    20.01.2021, 07:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.