Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning (29-0) murabbiyi Xavyer Mendes shogirdining Konor Makgregor (22-4) bilan yuzma-yuz kelib qolishdan xavotirda ekanini aytdi.
Men bunday uchrashuvdan qochish kerakligiga 100 foiz aminman. Mendan hech qachon Konorga shaxs sifatida qanday baho berishimni so‘rashmaydi, ham safar unga jangchi sifatida qanday qarashimni so‘rashadi.U ajoyib jangchi, men ko‘rganlar ichida eng yaxshilardan biri. Biroq inson sifatida yoqimli emas. U o‘zini qanday tutishi yoqmaydi. Tortishuvlarda mamlakat, din, oilani oraga qo‘shishi yoqmaydi. Yakkakurashda bunday usullarga o‘rin yo‘q.
Bahslar vaqtida raqibning o‘zi haqida istalgancha gapirish mumkin, biroq yuqoridagi mavzularni qo‘shmaslik kerak. Axir, Konor ham bunday hujumlarni o‘ziga ravo ko‘rmaydi.
Buni kechirish qiyin, chunki bu yerda savol professionallikda emas, gap oila, e’tiqod va vatan haqida ketmoqda, buni hazm qilish qiyin. Mana nima uchun u menga yoqmaydi. Bu yerda hech qanday hasad yo‘q, u shunchaki yoqimsiz.
Xavyer Mendes, murabbiy
Mavzuga doir:
- Konor Makgregor: “Men aniq boks bo‘yicha chempion bo‘laman. Pakyao bilan jang 2021-yilda bo‘ladi”
- Ulg‘aygani, Dastin Porye bilan jangga tayyorgarlik jarayonlari, chempionlik kamari va Habib Nurmagomedov haqida Konor Makgregor intervyusi
- Konor Makgregor: Habibning qochib ketgani meni hayratga solmadi
Ayni vaqtda Habib Nurmagomedov ham BAAda bo‘lib turibdi. 20-yanvar tunida uning amakivachchasi Umar Nurmagomedov UFC’dagi debyutini o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)