Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/8 finalida “Roma” 19-yanvar, seshanba kuni “Spetsiya”ni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida mehmonlar ikkita to‘p kiritgan holda oldinga o‘tib oldi. Bunga rimliklar birinchi bo‘limda Lorenso Pellegrinining goli bilan javob qaytargan bo‘lsa, 73-daqiqada Genrix Mxitaryan muvozanatni tikladi.
Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Qo‘shimcha bo‘limlar debyutida “Roma”ning ikki futbolchisi ketma-ket qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Sondagi ustunlikdan unumli foydalangan “Spetsiya” futbolchilari ikkita gol urgan holda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.
Shu tariqa “Spetsiya” musobaqa chorak finaliga yo‘l oldi.
Italiya Kubogi
1/8 final
19-yanvar, seshanba
“Roma” — “Spetsiya” 2:4
Gollar: 0:1 – 6, penalti Galabinov, 0:2 – 15 Saponara, 1:2 – 43, penalti Pellegrini, 2:2 – 73 Mxitaryan, 2:3 – 107 Verde, 2:4 – 119 Saponara.“Roma”: Lopes, Spinatssola (Karsdorp, 69), Kumbula, Manchini, Bruno Peres, Vilyar (Veretu, 69), Kristante (Fuzato, 95), Mxitaryan (Karles Peres, 85), Pellegrini, Pedro (Rojer, 95), Mayoral (Jeko, 90).
“Spetsiya”: Krapikas, Erlich, Ismayli, Vinyali, Ramos (Dell`Orko, 68), Leo Sena (Richchi, 68), Deyola (Akampora, 80), Saponara, Majore, Agudelo (Verde, 59), Galabinov (Pikkoli, 68).
Ogohlantirishilar: Agudelo (13), Ismayli (24), Manchini (51), Dell`Orko (90), Pellegrini (111).
Chetlatishlar: Manchini (91), Lopes (92).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)