Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu iste’fo berdi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, Bartomeu direktorlar kengashi bilan birga lavozimidan ozod etilgan.

Mazkur qaror klub rahbarlarining 27-oktabrdagi uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan. Qayd etish joiz, 26-oktabrda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bartomeu iste’foga chiqmasligini aytgan edi.

Bartomeu so‘nggi yillardagi faoliyati uchun muntazam ravishda tanqid qilinayotgandi. Xususan, o‘tgan yozda jamoani tark etmoqchi bo‘lgan Lionel Messi ham bir necha bor uning ishidan norozi ekanligini ochiqchasiga bildirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)