• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Payshanbada “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” nomli oilaviy korxona bor. Korxonaga bu nom qo‘yilishini A’zamxon Bahromov ham qo‘llab-quvvatlagan

    Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasi “Payshanba” dehqon bozori “Payshanba” shaharcha fuqarolar yig‘inida “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” oilaviy korxonasi faoliyat yuritadi. Korxona haqidagi ma’lumotlar bilan Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYaDR)da tanishish mumkin.

    Korxona 2020-yil 14-fevral kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan. Registr ma’lumotlariga ko‘ra, ustav fondi 1000 (ming) so‘mni tashkil etadi. Korxonaning 50 foizi ulushi Shoxruz Toshpo‘latovga, qolgan 50 foizi Abdulla Toshevga tegishli. Registr ma’lumotlariga ko‘ra, uning asosiy faoliyat turi — ovqatlanishni tashkil qilishning boshqa turlari.

    “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” nomli oilaviy korxona 2020-yil 14-fevralida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

    “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” nomli oilaviy korxona 2020-yil 14-fevralida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Korxona rahbari Abdulla Toshevning “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ma’lum qilishicha, hozirda korxona huzuridagi tashkil etilgan oshxona va paynet shoxobchasi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, korxona aviakassa, ya’ni turizm xizmatlarini ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanadi. Biroq pandemiya davrida bu yo‘nalishdagi ishlar vaqtincha to‘xtab qolgan.

    Abdulla Toshevning ta’kidlashicha, u va uning ish bo‘yicha sheriklari prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatdan quvonib, oilaviy korxonaga uning nomini qo‘yganini ma’lum qildi.

    Payshanba shaharchasidagi “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” oilaviy korxonasining oshxonasi.

    Payshanba shaharchasidagi “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” oilaviy korxonasining oshxonasi.
    Foto: “Daryo”

    “Tadbirkorlik faoliyatimni maktabni bitirish arafasida boshlaganman. 27 yildan beri shu sohadaman. Ochig‘i, avvallari tadbirkor sifatida ko‘p qiyinchilik ko‘rganmiz. Hozirgi prezidentimiz davlat rahbari bo‘lgach, yo‘llarimiz ochildi, men kabi tadbirkor va biznesmenlar qo‘llab-quvvatlanyapti. Ularning olib borayotgan siyosatidan quvonib, oilaviy korxonamizga ‘Shavkat Miromonovich Mirziyoyev’ nomini qo‘yishga qaror qildik”, — deydi tadbirkor.

    “Bugun egizak farzandli bo‘lgan ko‘pchilik bolalariga katta orzular bilan prezidentning ism-familiyasini qo‘ymoqda. Men ham yaxshi niyatda korxonamizga shu nomni qo‘ydim. Bu nomni berishdan oldin tumanimizning sobiq hokimi, rahmatli A’zamxon aka Bahromovdan maslahat so‘raganimda, ular fikrimga qo‘shilib, qo‘llab-quvvatlagan”, — deya qo‘shimcha qildi Abdulla Toshev.

    Uning ta’kidlashicha, korxonani “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat organlari tomonidan hech qanday e’tiroz yoki qarshilik bo‘lmagan.

    Foto: “Daryo”

    “Ammo korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng bu nom ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan, turli savol va iliq fikrlar bildirilgan. Korxona nomini bannerlarga yozib, reklama sifatida biror joyga ilib qo‘ymaganmiz. Bu nom faqat hujjatlarda yozilgan, uni bank, soliq xodimlari biladi, xolos”, — dedi “Shavkat Miromonovich Mirziyoyev” oilaviy korxonasi rahbari.

    Avvalroq, 2020-yil iyunida Surxondaryoda “Voy Mani Okahonlarim” nomli, yirik shoxli qoramollarning sut beradigan zotlarini ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Keyinchalik korxona nomi “Akbar Ali Adolat” deb o‘zgartirilgan.

    “Akbar Ali Adolat” oilaviy korxonasi 2020-yil iyunida “Voy Mani Okahonlarim” nomi bilan ro‘yxatga olingan.

    “Akbar Ali Adolat” oilaviy korxonasi 2020-yil iyunida “Voy Mani Okahonlarim” nomi bilan ro‘yxatga olingan.
    1S dasturi va Davlat statistika qo‘mitasi saytidan skrinshotlar

    2020-yil mayida Jizzax viloyatida “Vapshe malades bala” nomli, keng assortimentdagi tovarlar ulgurji savdosi bo‘yicha agentlar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan edi.

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    2019-yil avgustida esa Toshkentda “Lyubaya biznes xorosha” nomli mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etilgan edi. KTYaDR ma’lumotlariga ko‘ra, korxona maishiy elektr tovarlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi.

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Xalq orasida ommalashib, “qanotli jumla”ga aylangan iqtibos va naqoratlarning kompaniyalar nomiga aylanayotganiga munosabat bildirarkan, O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov buni “yengillik samarasi” deb atagan edi. “Xohlagan odam internet orqali ‘Lyubaya biznes xorosha’ va boshqa nomdagi MChJlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu ozodlik, yengillik degani”, — degandi vazir.

    20.01.2021, 14:18   Izoh (0)   45466
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirziyoyev “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” kabi jurnallarning “har bir o‘quv dargohiga yetib borishini ta’minlash” bo‘yicha topshiriq berdi

    20.01.2021, 14:07

    O‘zbekiston bo‘yicha pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi

    20.01.2021, 13:55

    Ortiqxo‘jayev Toshkentning a’lochi o‘quvchilariga “hokim stipendiyasi”ni va’da qildi

    20.01.2021, 13:10

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan shamol tezligi kuchayib, qor yog‘adi

    20.01.2021, 12:59

    Azizbek Ikromov ikkinchi lavozimi — mahalla vaziri o‘rinbosarligidan ozod qilindi

    20.01.2021, 12:47

    Andijonda sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan bloger ayol bo‘yicha munosabat bildirildi

    20.01.2021, 12:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35

    Germaniya Isroilga harbiy suvosti kemasi yetkazib beradi

    Dunyo | 14 avgust, 13:27

    Mobiuz’ni sotib olishga AQSH, Yevropa, Arab davlatlari qiziqish bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 13:09

    Tojikiston prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlandi — OAV

    Tojikiston | 14 avgust, 12:49

    Dunyoda birinchi marta is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 12:17

    Charlz Oliveyra Topuriya va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 14 avgust, 12:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim olish uchun chet elga borishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.