Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar, seshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy jurnallar haqida gapirarkan, ularning obunachisi kam ekanligini alohida qayd etdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.
“Afsuski, bugun ‘Tafakkur’, ‘Ma’naviy hayot’, ‘Jahon adabiyoti’, ‘Sharq yulduzi’ kabi ma’naviy-ma’rifiy jurnallarimiz obunachilar kamligi tufayli juda kam tirajda nashr etilmoqda.
Agar har bir maktab, kollej, texnikum, oliy o‘quv yurti kutubxonasiga bittadan jurnal bepul yetib borsa ham, ularning tiraji 10 mingdan ortiq bo‘lishi lozim. Buning uchun zarur mablag‘ni topish shuncha qiyinmi? Bu jurnallarni o‘qimagan yoshlarimizni qanday qilib ma’naviy yetuk inson sifatida tarbiyalaymiz?”, — dedi Prezident.
Davlat rahbari Moliya, Xalq ta’limi va Oliy ta’lim vazirliklari rahbarlari mazkur nashrlarning har bir o‘quv dargohiga yetib borishini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga doir:
- “Badiiy kengashlar qayoqqa qarayapti?” – Shavkat Mirziyoyev ayrim telekanallardagi ko‘rsatuv va seriallar saviyasini tanqid qildi
- “‘Ijod’ jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi” – Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekistonda endilikda hokimlardan ham ma’naviy ishlar qat’iy talab qilinadi
Izoh (0)