“Paxtakor” klubi himoyachi Marlen Chobanov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Erkin agent maqomida jamoaga qo‘shilgan Chobanov “Paxtakor” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
20 yoshli futbolchi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, keyinchalik “sherlar” safini tark etgandi. Chobanov 2017—2019-yillar davomida Ukrainaning “Obolon” jamoasida tep tepgan.
Ma’lumot uchun, Marlen 1989—2000-yillar davomida O‘zbekistonning bir qator klublarida to‘p surgan Burgandin Chobanovning o‘g‘li hisoblanadi. Burgandin “Traktor”, “Nurafshon” (hozirgi “Buxoro”), “Dinamo Urganch” va “Guliston” klublarida harakat qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)