UEFA 2020-yil ramziy terma jamoasini aniqlashda muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Yil ramziy terma jamoasidan “Bavariya”ning besh nafar vakili o‘rin oldi.
Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha ovoz berish jarayonida 6 million ishtirokchi qatnashgan.
UEFA talqiniga ko‘ra 2020-yil ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Manuel Noyer (“Bavariya”);
Himoyachilar: Virjil van Deyk (“Liverpul”), Serxio Ramos (“Real”), Alfonso Devis, Yozua Kimmix (ikkisi – “Bavariya”);
Yarim himoyachilar: Tiago Alkantara (“Bavariya” / “Liverpul”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Lionel Messi (“Barselona”);
Hujumchilar: Neymar (PSJ), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Robert Levandovski (“Bavariya”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)