Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 19-turida “Manchester Siti” 17-yanvar, yakshanba kuni “Kristal Pelas”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida Jon Stounz “shaharliklar”ning dastlabki golini urdi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari yana uch bor londonliklar darvozasini ishg‘ol qildi.
Bo‘lim debyutida Ilkay Gundog‘an o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 68-daqiqada Stounz dubl qayd etdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Rahim Sterling yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.
“Manchester Siti” ochkolarini 35 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bitta zaxira o‘yiniga ega Pep Gvardiola shogirdlari peshqadam “Manchester Yunayted”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
APL
19-tur bahsi
17-yanvar, yakshanba
“Manchester Siti” — “Kristal Pelas” 4:0
Gollar: 1:0 – 26 Stounz, 2:0 – 56 Gundo‘g‘an, 3:0 – 68 Stounz, 4:0 – 88 Sterling.“Manchester Siti”: Ederson, Stounz, Uoker, Ruben Diash, Zinchenko, Fernandinyo, Gundo‘g‘an (Ferran Torres, 71), Bernardu Silva (Foden, 60), de Bryuyne (Joau Kanselu, 71), Sterling, Gabriel Jezus.
“Kristal Pelas”: Guaita, Tomkins, Keyhill, Mitchell, Uord, Eze, Makartur, Makkarti, Milivoyevich (Ridevald, 68), Taunsend (Batshuayi, 79), Ayyu.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)