Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turida “Inter” va “Yuventus” jamoalari 17-yanvar, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Arturo Vidal sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, milanliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Nikola Barella “Inter”ning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 40 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Yuventus” (33) 5-pog‘onada qoldi.
Antonio Konte jamoasi keyingi turda “Udineze” bilan o‘ynaydi, “Yuventus” esa “Bolonya”ni qabul qiladi.
A Seriya
18-tur bahsi
17-yanvar, yakshanba
“Inter” — “Yuventus” 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Vidal, 2:0 – 52 Barella.“Inter”: Handanovich, Yang (Darmian, 72), Bastoni, de Vrey, Hakimi, Barella, Brozovich, Vidal (Galyardini, 77), Shkrinyar, Lukaku, Martines (Sanches, 86).
“Yuventus”: Shensni, Kyellini, Frabotta (Bernardeski, 58), Danilo, Bonuchchi, Remzi (Kulusevski, 58), Bentankur, Rabyo (Makkenni, 58), Kyeza, Morata, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (36), Yang (60), Morata (62), Barella (67).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)