• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Demokratlar Trampga nisbatan ikkinchi impichmentni boshladi. Ular buni qanday amalga oshirmoqchi?

    Demokratlar Donald Tramp ma’muriyati a’zolariga bosim o‘tkazib, uni 20-yanvarda prezidentlik muddati tugashidan oldin lavozimidan chetlatishga erishmoqchi. Buning qanchalik imkoni bor va demokratlarda yana qanday variantlar bor? Shu savollarga “RBK” javob topishga urindi.

    Nensi Pelosi.

    Nensi Pelosi.
    Foto: Global Look Press

    Demokratlarning Trampni siqib chiqarish uchun ikkita tashabbusi

    AQSh Kongressi vakillar palatasidagi Demokratik partiyaning yetakchi siyosatchilari amaldagi prezident Donald Trampga nisbatan impichment to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini e’lon qildi. Respublikachining vakolatlari 20-yanvar — noyabrdagi saylovlarda g‘olib bo‘lgan demokrat Jo Baydenning inauguratsiyasi kuni tugaydi, ammo kongressdagi siyosatchilar Trampni ushbu muddatgacha chetlatish zarur deb hisoblaydi. Trampning raqiblari fikricha, uning saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortishi va tarafdorlarini gijgijlashi kongress binosiga hujum uyushtirilishiga olib keldi. Rezolyutsiya vakillar palatasiga kiritildi. AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatishning 3-bo‘limi “qo‘zg‘alon yoki isyonda” qatnashgan shaxsga AQShda qandaydir lavozimni egallashni taqiqlaydi, mana shu impichment uchun asosdir, deyiladi rezolyutsiyada.

    Ayni paytda vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi aytishicha, impichment — bu eng so‘nggi chora, va demokratlar Tramp Konstitutsiyaga kiritilgan 25-tuzatishga muvofiq lavozimidan tushirilishiga umid qilmoqda. Unga ko‘ra, amaldagi prezident vitse-prezident va ma’muriyatdagi ko‘pchilik asosiy lavozimlar qarori bilan o‘z lavozimidan chetlatilishi mumkin. Ular Tramp o‘z vazifalarini bajarishni davom ettira olmasligi haqida qaror chiqarishi kerak bo‘ladi. Mahkama tarkibiga davlat rahbari va vitse-prezident Mayk Pensdan tashqari, ijro etuvchi hokimiyatning yana 15 vakili, shu jumladan, davlat kotibi Maykl Pompeo va moliya vaziri Stiven Mnuchin ham kiradi. Pelosining so‘zlariga ko‘ra, u Pensni eng yaqin vaqtda prezidentni 25-modda bo‘yicha chetlatishga chaqiruvchi rezolyutsiya kiritmoqchi. Ammo Pensning o‘zi Trampni lavozimidan ketkazish masalasini qo‘ymoqchi emas, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi vitse-prezidentga yaqin manbalarga tayanib.

    Agar Pens Trampni lavozimidan chetlatish uchun Vazirlar Mahkamasini chaqirmasa, unda demokratlar 11-yanvar, dushanba kuni taqdim etilgan impichment to‘g‘risidagi rezolyutsiya asosida prezident impichmentiga erishishga urinadi, u 13-yanvar, chorshanba kuni ko‘rib chiqish uchun kiritilishi mumkin.

    Impichment odatda qanday kechadi?

    Impichment jarayonini vakillar palatasi boshlaydi. Ammo impichment masalasiga ovoz berish uchun palataga kiritishdan oldin qanday jarayonlarga rioya qilish kerakligi haqidagi aniq qoidalar qonunlarda yozilmagan. Amaliyotga ko‘ra, dastlab quyi palata a’zolari impichment jarayonini ishga tushirish haqida rezolyutsiya qabul qiladi. So‘ng vakillar palatasi qo‘mitasi impichment qabul qilish uchun asoslarni o‘rganib chiqishi kerak. Qoidaga ko‘ra, bunday tekshiruvni huquqiy ishlar bo‘yicha qo‘mita o‘tkazadi. Prezidentga nisbatan ayblovlar o‘rganib chiqilganidan keyin vakillar palatasi qo‘mitasi asoslarning yetarli yoki yetarli emasligi haqida qaror qabul qiladi. Agar qo‘mitaning ko‘pchilik a’zolari asoslarni yetarlicha deb hisoblasa, prezidentga qarshi ayblovlarning bitta yoki bir nechta bandlari butun vakillar palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi. 2019-yil dekabrda vakillar palatasining huquqiy qo‘mitasi prezidentga qarshi ikkita — hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongress tekshiruviga to‘sqinlik qilish ayblovlaridan iborat rezolyutsiyani butun palata ovoz berishi uchun kiritilishini yoqlab ovoz bergan edi. Qo‘mitada 23 kongressmen (hammasi demokratlar) yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 17 nafari (hammasi respublikachilar) qarshi chiqqan.

    Huquqiy masalalar bo‘yicha qo‘mitada ma’qullanganidan keyin impichment bo‘yicha rezolyutsiya vakillar palatasining jami tarkibi ovoz berishi uchun kiritiladi. Ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. 2019-yil dekabrida quyi palatada 228 kongressmen (bir nafar mustaqildan tashqari barchasi demokratlar) impichmentni yoqlab, 193 kishi esa (bir demokratdan tashqari barchasi respublikachilar) unga qarshi ovoz bergandi.

    Bu safar demokratlar ayblov bandlari bo‘yicha bir qarorga keldi va birdaniga palataning butun tarkibi bilan ovoz berishga o‘tmoqchi. Shundan keyin impichment jarayoni Senatda davom etadi.

    Aynan senatorlar prezidentning aybdorligi va chetlatilishi masalasini hal qiladi. U yerda ayblovlar bo‘yicha eshituvlar bo‘lib o‘tadi. Bir yil avval ko‘pchilik o‘rin respublikachilarda bo‘lgan senat impichmentga qarshi ovoz bergan edi. Birinchi ayblov bo‘yicha 48 senator Trampni aybdor deb, 52 nafari esa aybsiz deb hisoblagan edi. Ikkinchi ayblov bo‘yicha 47 senator prezidentni aybdor deb topdi, 53 nafari — aybsiz. Yanvar boshida ishga kirishgan kongressning joriy tarkibida muvozanat keskin o‘zgargan — ikkala palatada ham demokratlar ko‘pchilik o‘ringa ega.

    Impichment jarayoni odatda ancha uzoq davom etadi. Trampning birinchi impichmenti uch oydan ko‘proq vaqt olib, 2019-yil oktabr oxiridan (vakillar palatasi tomonidan tegishli rezolyutsiya qabul qilingan vaqt) 2020-yil 5-fevralgacha (u oqlangan vaqt) davom etgandi. Bu safar prezidentni lavozimidan bo‘shatish tashabbuskorlarida vaqt juda kam. Agar 13-yanvar, chorshanba kuni vakillar palatasi tarkibidagi ko‘pchilik impichmentni yoqlab ovoz bergan taqdirda ham, senatorlar ishni Baydenning inauguratsiyasigacha ko‘rib chiqishga ulgurmasligi mumkin. 19-yanvargacha Senat reja bo‘yicha majlislar o‘tkazmaydi, ammo uning yangi tarkibi qasamyod qabul qilib bo‘lgan. Majlisga yig‘ilish uchun barcha senatorlarning roziligi kerak. Prezidentni aybdor deb topish va uni chetlatish uchun ovozlarning uchdan ikki qismi, ya’ni 100 tadan 67 tasi kerak. Senatda demokratlarning 50 ta ovozi bor, ya’ni respublikachilarning 17 ta ovozi kerak bo‘ladi, ularni qo‘lga kiritish esa oson bo‘lmaydi.

    Mavzuga doir:

    • AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Trampni “Putinning xizmatkori” deb atadi
    • CNN: Mayk Pens Trampni chetlatish uchun 25-tuzatishni qo‘llashga qaror qildi

    12.01.2021, 11:11   Izoh (0)   18817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus faqat Xitoyda emas, boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin – JSST

    12.01.2021, 08:31

    Parijdagi Yelisey maydoni “noodatiy bog‘”ga aylantiriladi

    12.01.2021, 07:13

    Ta’tildan qaytgan Mirziyoyev, koronavirus vaksinasi shaklidagi shirinliklar, muz ustida bir necha daqiqa o‘tirish marosimi. 11-yanvar suratlari

    12.01.2021, 00:15

    Video: Kremlda uchrashgan Pashinyan va Aliyev qo‘l berib ko‘rishmadi

    11.01.2021, 20:15

    AQShda Kapitoliyga shiddatli hujumdan keyin ichki terrorizm bo‘yicha 25 ta ish qo‘zg‘atildi

    11.01.2021, 17:44

    Chechenistonda Ramzan Qodirovning “qat’iy qarshiligi”ga qaramay, Ramzan Qodirov nomli masjid quriladigan bo‘ldi

    11.01.2021, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.