So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Trampni “Putinning xizmatkori” deb atadi

    11.01.2021, 12:10 16403

    AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi amaldagi prezident Donald Trampning Amerika federal muassasalariga uyushtirilgan va Vashington fikricha, Moskvaga aloqador bo‘lgan ommaviy xakerlar hujumiga nisbatan harakatsizlik ko‘rsatayotganini tanqid qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Xakerlik hujumiga kelsa, u bu haqda hech narsa demadi”, — dedi Pelosi CBS’ga bergan intervyusida. Jurnalist bunga javoban Tramp hujumga Xitoy aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida gapirganini eslatdi.

    Pelosining taxmin qilishicha, Amerika prezidentining bunday munosabati Rossiyada uni obro‘sizlantiruvchi materiallar borligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. “Ruslarda prezident Trampga nisbatan nima borligini bilmayman — shaxsiy, siyosiy yoki moliyaviy ma’lumotmi… Ammo u nima uchun bu darajada Putinga xizmatkorlik qilishini izohlaydigan boshqa narsa yo‘q”.

    Pelosining so‘zlariga ko‘ra, hozir AQShda hokimiyat tepasida “jinoiy ish qo‘zg‘atiladigan darajada jiddiy narsaga qo‘l urgan” odam turibdi. Uning fikricha, Tramp o‘z tarafdorlarini qo‘zg‘alonga gijgijlaganlikda aybdor. Shuningdek, vakillar palatasi spikeri Konstitutsiyaga kiritilgan 25-tuzatishdan foydalanish g‘oyasi yoqib tushganini aytdi. 25-tuzatish vitse-prezident va prezident ma’muriyatining katta qismi amaldagi davlat rahbarining layoqatsizligini tasdiqlagan taqdirda, hokimiyatning avtomatik ravishda vitse-prezidentga topshirilishini ko‘zda tutadi.

    Nensi Pelosi ma’lum qilishicha, 11-yanvar kuni Amerika Kongressining vakillar palatasi vitse-prezident Mayk Pensga qaratilgan hokimiyatdan amaldagi davlat rahbari Donald Trampni chetlatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani ko‘rib chiqishni boshlaydi.

    Hujjat Pensni “prezidentni o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish uchun layoqatsiz deb e’lon qiluvchi 25-tuzatishni amalda qo‘llash uchun Vazirlar Mahkamasini chaqirish va safarbar qilish”ga chaqiradi, dedi u.

    Pelosining so‘zlariga ko‘ra, agar hujjat bir ovozdan ma’qullanishiga erishilmasa, vakillar palatasi unga 12-yanvar kuni ovoz beradi, so‘ng esa impichment haqidagi masalani ko‘rib chiqishni boshlaydi. “Biz vitse-prezidentni 24 soat ichida javob berishga chaqiramiz”, — dedi spiker.

    “Konstitutsiyamizni va demokratiyamizni himoya qilib, biz zudlik bilan harakat qilamiz, chunki amaldagi prezident ular uchun muqarrar xavf tug‘diradi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Pelosi.

    Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp “yanada beqarorlashgan” taqdirda, unga nisbatan Konstitutsiyaga kiritilgan 25-tuzatish qo‘llanilishi mumkinligini istisno qilmagan edi.

    AQShdagi hukumat va xususiy tarmoqlarga nisbatan keng ko‘lamli xakerlar hujumi haqida dekabrda ma’lum bo‘ldi. AQSh Moliya vazirligi, Milliy telekommunikatsiya boshqarmasi va boshqalar hujum nishoniga aylangan. OAVlar APT29 guruhi xakerlari (COZY Bear sifatida ham mashhur) ortida Moskva turganini xabar qildi. Keyinroq hodisaga Rossiyaning aloqadorligi haqida AQSh bosh prokurori ham ma’lum qildi. Ammo Tramp bunga shubha bildirib, hujum ortida Xitoy turibdi, degan fikrni ilgari surdi. Shuningdek, uning aytishicha, OAVlar bu hujumni aslidan ko‘ra vahimaliroq qilib tavsiflagan.

    Mavzuga doir:

    • CNN: Mayk Pens Trampni chetlatish uchun 25-tuzatishni qo‘llashga qaror qildi
    • Nensi Pelosi Tramp yadroviy zarbani amalga oshirishi mumkinligidan xavotirda
    • Bloomberg: Kamida uchta AQSh shtati rossiyalik xakerlar nishoniga aylangan
    • Rossiyalik xakerlar AQSh moliya vazirligi tizimiga hujum uyushtirgani xabar berildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?