“Tottenhem” yarim himoyachisi Alfi Devayn Angliya Kubogi doirasida 10-yanvar kuni “Marin”ga qarshi bahsda (5:0) debyut qildi va gol urishga erishdi.
Angliyalik futbolchi “Tottenhem” rasmiy o‘yinida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi — 16 yosh-u 163 kun.
Shuningdek, Devayn “shporlar” tarixidagi eng yosh debyutantga ham aylandi. U avvalroq Deyn Skarlett tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, Alfi uchrashuvning 46-daqiqasida maydonga tushib, 60-daqiqada jamoasining beshinchi golini urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)