“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 17-turi doirasida 10-yanvar kuni “Sassuolo”ga qarshi kechgan bahsda (3:1) gol urishga erishdi.
Bu portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi rasmiy o‘yinlarda urilgan 759-gol bo‘ldi.
Qator manbalarning xabar qilishicha, Ronaldu bu ko‘rsatkich borasida Avstriya va Chexoslovakiyaning sobiq hujumchisi Yozef Bitsan (759 gol) bilan tenglashib oldi. Bu mutlaq jahon rekordi hisoblanadi.
Ularning ortidan Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Pele (757 gol) bormoqda.
Ta’kidlash joiz, Bitsan, Pele va o‘tmishning boshqa futbolchilari urgan gollar soni turli manbalarda turlicha berilgan. Masalan, Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF) ma’lumotlariga ko‘ra, Bitsan 805 ta gol urgan, Braziliya terma jamoasi sobiq forvardi Romario 772 ta, Pele esa — 767.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)