Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi bir nechta transferni rasman ma’lum qildi.
“Bunyodkor” futbolchilari Islom Qobilov va Sanjar Qodirqulov endilikda faoliyatini “temiryo‘lchilar” safida davom ettiradi. Shuningdek, so‘nggi ikki mavsumni “Paxtakor”da o‘tkazgan Sadriddin Abdullayev “Lokomotiv”ga qaytgan.
“Lokomotiv” himoyachi Qobilov bilan ikki yillik shartnoma imzolagan bo‘lsa, yarim himoyachi Qodirqulov bilan bir yillik kelishuv imzolangan.
Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra jamoa bosh murabbiyiga aylangandi.
Qobilov Superliga 2020-yilgi mavsumida 26 o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylandi. Sanjar esa 25 o‘yinda bir gol urdi. Abdullayev “Paxtakor”dagi ikki mavsum davomida 22 o‘yinda qatnashdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)