“Borussiya D” Germaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan 9-yanvar kungi bahsda “Leypsig”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Uchrashuvda dortmundliklarning 20 yoshli futbolchisi Erling Holand dublga erishdi. Bu Holand uchun Bundesligadagi 25-o‘yinda urilgan 25-gol bo‘ldi. Bu Germaniya chempionati rekordi hisoblanadi, deya xabar qilmoqda Gracenote.
Undan avvalgi eng yaxshi natija “Hamburg” sobiq hujumchisi Uve Zeyelerga tegishli bo‘lib, u 25 o‘yinda 23 ta gol urgandi.
Holand 2020-yilning yanvarida “Zalsburg”dan 20 million yevro evaziga “Borussiya D” safiga o‘tgandi. Joriy mavsum norvegiyalik futbolchi Bundesligada o‘nta o‘yin o‘tkazib, 12 gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)