Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh — 2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 2021-yilning 15-fevral kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiya matbuot xizmatining yozishicha, Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa 8—18-fevral kunlari Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi.
Qayd etilishicha, mazkur yig‘in doirasida Iordaniyadan tashqari yana ikki jamoa bilan bahs olib borish rejalashtirilgan. Hozirda bo‘lajak uchrashuvlardagi ehtimoliy raqiblar bilan muzokaralar o‘tkazilayotgani aytilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)