Dog‘istondagi Tarki qishlog‘ida ommaviy janjal sodir bo‘ldi, buning oqibatida bir kishi vafot etgan.
“Argumenti i fakti Dog‘iston” nashrining xabar qilishicha, 6-yanvar kungi janjal oqibatida MMA jangchisi Kerim Xayrullayev pichoq orqali yetkazilgan jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan. Uning qotili 19 yoshli yigit ekani ma’lum bo‘ldi.
Janjalga narkotik tarqatuvchilarga qarshi kurashgan mahalliy aholi vakilining 3-yanvar kuni o‘ldirilishi sabab bo‘lgan. 6-yanvar kuni Tarki aholisi mazkur qotillik yuzasidan norozilik aksiyasi o‘tkazish maqsadida ko‘chaga chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aholi vakillari va qotilning oila a’zolari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan.
Politsiya 19 yoshli qotil va yana 10 ga yaqin janjal ishtirokchilarini hibsga olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)