FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deya xabar qilmoqda De Telegraaf.
Sobiq funksionerning qizi Korin Blatterning ta’kidlashicha, Yozefning holati kundan kunga yaxshilanmoqda, biroq unga vaqt kerak va u dam olish lozim.
84 yoshli Blatter 1998—2015-yillar davomida FIFAga rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Blatter korrupsiyada ayblangan va unga nisbatan ish ochilgandi. Keyinchalik Yozef FIFA rahbarligidan ketishga majbur bo‘lgandi. U pullarni o‘zlashtirish va jinoiy javobgarlikka olib boradigan mas’uliyatsizlikda ayblangandi.
Mavzuga doir:
- Futbol olamida eng ko‘p nafratga duchor bo‘lgan shaxslar reytingi tuzildi
- Yozef Blatter: FIFAdan Rossiya sabab ketmaganman, biz Platinini to‘xtatmoqchi bo‘lgandik
- Yozef Blatter Yevropaning barcha davrlar ramziy terma jamoasini tuzdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)