• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 2021-yildan nimalar o‘zgardi?

    2021-yilning 1-yanvar kunidan boshlab O‘zbekistonda qonunchilikdagi bir qator o‘zgarishlar, xususan, davlat budjeti, pasport o‘rniga ID-kartalar, bir qator litsenziyalar va bojxona to‘lovlarinining bekor qilinishi, Soliq kodeksidagi yangiliklar, chekka hududlarda ishlayotgani uchun mutaxassislarga tovon pulining to‘lanishi, davlat xaridlari tizimida yangiliklar, markalash va boshqa ko‘p narsalar kuchga kirdi. “Gazeta.uz” Adliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib, O‘zbekiston qonunchiligida 1-yanvardan boshlab kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yangi Davlat budjeti

    2021-yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Davlat budjetining 2021-yilgi xarajatlari 149,5 trillion so‘mni yoki YAIMga nisbatan 21,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, 2021-yilda Davlat budjeti daromadlari 147,2 trillion so‘m miqdorida yoki YAIMga nisbatan 21,4 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Budjet kamomadi 17,3 trillion so‘m miqdorida tasdiqlangan.

    Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5,1 foizga o‘sib, 688,9 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etishi va kelgusi yilda uning 9−10 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

    Soliq siyosatidagi yangiliklar

    O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 2021-yil uchun soliq siyosatida soliqlarning asosiy stavkalari saqlab qolinadi, xususan, QQS (15 foiz), daromad solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i (2 foiz), qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘i (0,95 foiz), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi subyektlar — 12 foiz, budjet tashkilotlari — 25 foiz) va oborot solig‘i (bazaviy stavka — 4 foiz).

    Bir qator litsenziyalar bekor qilindi

    Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvardan boshlab 266 turdagi litsenziyalarning 70 tasi, 140 ta ruxsatnomalarning 35 tasi bekor qilindi.

    Pasport o‘rniga ID-kartalar

    4-yanvardan boshlab ID-kartalar bir yoshga to‘lmagan yangi tug‘ilgan bola uchun — 2 yil muddatga, 1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylar, homiylarning qaroriga binoan), 16 yoshdan — 10 yil muddatga (O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — 5 yil muddatga) beriladi.

    Yo‘l qoidalarini buzishni tasvirga olish qurilmalarining ro‘yxati kengaytirildi

    1-yanvardan boshlab avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali YHQ buzish holatlarini qayd etsa bo‘ladi. Videolarni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan.

    Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish

    Quyidagilar bajariladi:
    • 2022-yilning 1-yanvarigacha umumiy ovqatlanish sohasida kichik biznes subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olgan daromadlari umumiy belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy o‘tish maqsadida umumiy daromadlar tarkibiga kiritilmaydi;
    • ko‘chmas mulk faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslar uchun oborot solig‘i stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha tushirildi;
    • qurilish kompaniyalariga ish haqini naqd pul bilan to‘lash bilan shartnoma tuzmasdan ishchilarni muayyan muddatga jalb qilishga ruxsat beriladi, ularning hajmi hisobot davri uchun ish haqi jamg‘armasining 10 foizidan oshmasligi kerak (ijtimoiy soliq miqdori bundan mustasno) bo‘ladi.

    Xorijda ishlashga ketayotganlar majburiy kasb-hunarga o‘qitiladi

    1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda. Hujjatga ko‘ra, buni amalga oshirish uchun 13 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari, 30 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari, 11 ta Toshkent shahri tumanlaridagi qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari hamda 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari faoliyat olib borishadi.

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila a’zolari pul ishlash uchun chet elga chiqishlari uchun mikrokreditlar olishlari mumkin. 10 million so‘mgacha bo‘lgan mikrokreditlar transport xarajatlarini qoplash va ishlashga ruxsat olish uchun 1 yil muddatga beriladi.

    2021-yildan qonuniy migrantlar o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlaydiganlarga tenglashtiriladi. Ular ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin. (O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish. Qo‘llanma)

    Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi

    1-yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar:
    • Uzbekistan Airways;
    • “Kvars”;
    • “Asaka” banki;
    • UzAuto Motors;
    • “O‘ztransgaz”;
    • “Navoiazot”;
    • “Issiqlik elektr stansiyalari”;
    • “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”;
    • “Qizilqumsement”.

    Olis hududlarda ishlaydiganlar uchun pul kompensatsiyasi

    2021-yil 1-yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.

    Barcha sudlarda sud majlislarini audioyozuv orqali qayd etsa bo‘ladi

    Barcha sudlarda sud majlislari ish bo‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriladi hamda sud majlislari bayonnomalari ushbu tizimdan (sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini Internet tarmog‘ida e’lon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari) foydalangan holda shakllantiriladi.

    Tizmli ravishda skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi

    Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlash maqsadida 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini) aniqlash bo‘yicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi.

    Tibbiyot xodimlari bir martalik pul mokofoti bilan rag‘batlantiriladi

    Qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanib, ularda tunu kun navbatchi tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatadi.

    Oilaviy shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligi bo‘yicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab ushbu xodimlar har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

    Shuningdek, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, zaruriyatga qarab, tor soha shifokorlari shtatlarini mustaqil belgilash vakolati beriladi.

    Umumta’lim muassasalarining reytingi

    Tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik rag‘batlantiriladi.

    Xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar o‘qituvchilariga sanatoriylarda dam olish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.

    Test sinovlari maktab dasturiga moslashtiriladi

    Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilib, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

    Xususan:

    • test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi;
    • test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi;
    • abituriyentlarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;
    • amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022-o‘quv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida o‘tkaziladi.

    Aholi punktlarining bosh rejalarining jamoat ekspertizasini amalga oshirish mexanizmi joriy etiladi

    Ushbu loyiha doirasida:
    • aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi;
    • aholi punktlari bosh rejalarining jamoat ekspertizasini amalga oshirish mexanizmi joriy etiladi;
    • aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi bo‘lgan jamoat nazorati subyektlarining tashabbusiga ko‘ra aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga o‘zgartirish (tuzatish) kiritish mexanizmi joriy etiladi;
    • aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.

    Elektr energiyasi to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq undirish

    Elektr energiyasi hisobini to‘liq yo‘lga qo‘yish, to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishni ta’minlash, tizim orqali aniqlangan xatoliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

    Bunda hisoblagichlarni o‘rnatish va joriy etilgan tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinib, joylardagi barcha xodimlarning ko‘nikma va malakasi oshiriladi.

    Shuningdek, har bir tuman va shaharda hisoblagich o‘rnatish guruhlari shakllantiriladi. Ehtiyojga ko‘ra, tumanlararo mobil o‘rnatish guruhlari tashkillashtirilib, grafik asosida hududlarga jalb qilinadi.

    Ayrim turdagi bojxona yig‘imlari bekor qilinadi

    Xususan:
    • davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlari kengaytiriladi hamda qat’iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari belgilanadi;
    • ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlari bekor qilinib, xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
    • tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalari pasaytiriladi;
    • bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imi joriy etiladi.

    Milliy geoaxborot tizimi

    1-yanvardan boshlab milliy geoaxborot tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    • yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi;
    • onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi;
    • yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;
    • Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi;
    • tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etib boriladi.

    Maktablarda yangi lavozim

    Har bir umumta’lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etiladi. Mazkur lavozimga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilari jalb qilinadi.

    Bukmekerlik faoliyati

    2021-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

    “Akademik harakatchanlik” dasturi

    Ilmiy tashkilotlar rahbarlarini Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘qitish va muntazam malakasini oshirib borish tizimi joriy qilinadi.

    Har bir ilmiy tashkilotda ilm-fan va ilmiy faoliyat bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritiladi, bu lavozimga taniqli ilm-fan namoyandalari va nufuzli olimlardan biri tayinlanadi hamda maslahatchi tashkilotning Ilmiy kengashini boshqaradi.

    Bundan tashqari, “Akademik harakatchanlik” dasturi joriy qilinadi. Dastur doirasida, jumladan, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish uchun Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grantlar ajratiladi.

    Shuningdek, ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi joriy qilinadi.

    Favqulodda vaziyatlar oqibatida yo‘qotilgan hujjatlarni tiklashda davlat boji undirilmaydi

    O‘zbekiston va xorijiy davlatda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (ofatlar) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hujjatlarni tiklashda ular davlat boji va yig‘imlardan ozod qilinadi.

    06.01.2021, 09:22   Izoh (0)   63691
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jasliq” uzoq yillar O‘zbekiston uchun dog‘ bo‘lib kelgan” – Ombudsman

    06.01.2021, 09:10

    O‘zbekistonda tashqi qarzlar sarfi bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi

    06.01.2021, 08:11

    Sergeli yer usti metro yo‘nalishi ishga tushgani munosabati bilan Toshkentda 7 ta avtobus yo‘nalishi maqbullashtirilmoqda

    06.01.2021, 07:41

    O‘zbekistonda tender shaklida o‘tkaziladigan davlat xaridlarida strategik subyektlarga berilgan barcha imtiyozlar bekor qilinadi

    06.01.2021, 06:42

    Turkiyaning Coca-Cola İçecek kompaniyasi Coca-Cola Uzbekiston’dagi davlat ulushini xarid qilish uchun ariza berdi

    06.01.2021, 06:33

    Toshkentda uch yil ichida 66 ta mehmonxona va 12 ta savdo-ko‘ngilochar markazi qurish rejalashtirilgan

    06.01.2021, 06:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.