• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda xorijiy mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim yaratiladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-avgust, dushanba kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda xorijda mehnat qilayotgan fuqaorlarni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va madaniy qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda hokimliklarga chet eldan qaytgan fuqarolarga kasbi, malakasi va rejasidan kelib chiqib, ish topishiga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Xorijda o‘zbekistonliklar munosib sharoitlarda mehnat qilishi uchun yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Buning uchun, avvalo, o‘sha korxonalar talabiga mos malakaga ega va til biladigan mutaxassislar tayyorlash zarur.

    Shu bois bu borada yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Ya’ni, hududlardagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiallarining vakolatlari kengaytirilib, ularga xorijiy ish beruvchilar bilan bevosita shartnoma tuzish, migratsiya xizmatlari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqi beriladi. Bu filiallar rahbarlari viloyat hokimining yordamchisi hisoblanadi.

    Mutasaddilarga xorijiy davlatlardagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazib, ishchi va mutaxassislar yuborishni ko‘paytirish, mehnat migrantlariga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun 10 million so‘mgacha past stavkada kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 11-avgustda qabul qilingan qarorida aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga o‘qitish chora-tadbirlari belgilangan edi. Yig‘ilishda mazkur qarorning amaliy jihatlariga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, chet elda ishlashni istagan fuqarolarning malakasini oshirish, buning uchun kasb-hunarga o‘qitish markazlari, maxsus kurslar va mono-markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Bu maskanlardagi o‘quv dasturlari, malaka ko‘nikmalarini xorijiy ish beruvchilarning talabiga moslashtirish muhimligi ta’kidlandi.

    Mehnat migrantlari hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash uchun Xorijdagi fuqarolarni himoya qilish jamg‘armasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Shuningdek, chet ellardagi mehnat migratsiyasiga oid tartib-taomillarni fuqarolar uchun yengillashtirish, O‘zbekiston fuqarolari ko‘p ishlaydigan shaharlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Xorijdagi fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, bu bo‘yicha onlayn platforma va Call-markaz tashkil etib, malakali advokatlarni jalb qilish vazifalari qo‘yildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat elchixonalari o‘zga davlatlardagi vatandoshlar diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlashi lozimligini alohida ta’kidladi. Yurtparvarlik, mehr-oqibat hissi bilan xorijdagi fuqarolarga yordam berib kelayotgan shaxslarni e’tirof etish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Chet elda mehnat qilayotganlarni vatani bilan bog‘lab turadigan eng katta vosita madaniyat ekanini inobatga olib, ular uchun shunday tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, televideniyeda O‘zbekiston elchixonalari va konsulliklarining xalq xizmatidagi faoliyatini keng yoritib borish tavsiya etildi.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga hokimliklar bilan birga xorijga ishlashga ketgan yurtdoshlarning oilasidan doimiy xabar olib, ota-onasining sog‘lig‘i, farzandlarining o‘qishi va boshqa ehtiyojlariga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

    Xorijda ishlab, malaka orttirib qaytgan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda ular bilan manzilli ishlaydigan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan tizim yaratilishi belgilandi.

    Buning uchun sektor rahbarlari, mehnat va mahalla idoralari vakillari o‘z hududidagi shunday tashabbuskorlar ro‘yxatini shakllantirib, ularning biznes loyihasi bilan tanishadi. Ro‘yxatdan o‘tishga ko‘maklashib, 3 oygacha ijara to‘lovlari bo‘yicha subsidiya beriladi. Shuningdek, tadbirkorlikni boshlash uchun kredit resurslari ajratiladi hamda bank kreditlari ta’minoti bo‘yicha sug‘urta polisi xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. Bu maqsadlarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan yil yakuniga qadar 25 milliard so‘m, kreditlar uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

    Yana bir masala — xorijda ishlayotgan fuqarolarning mehnat stajini hisobga olish tizimida atigi 4,5 ming nafar kishi ro‘yxatga olingan. Shu bois mutasaddilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish va mehnat stajini hisoblash tizimini migrantlar uchun ham tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Bosh vazir o‘rinbosarlariga tashkillashgan migratsiya bo‘yicha iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy-huquqiy ko‘mak tizimini joriy etish yuzasidan alohida dastur ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Unda mamlakatda kasb va tilga o‘rgatish, xorijda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, yo‘lkira, patent, sug‘urta, pensiya va kredit masalalari qamrab olinadi. Shuningdek, hukumatlararo komissiyalar doirasida xorijdagi yurtdoshlarga munosib sharoit yaratish, chet eldagi banklar orqali ularni kreditlash mexanizmlari nazarda tutiladi.

    Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi yalpi majlisida Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

    Mavzuga doir: “Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov” — Abdulaziz Komilov

    17.08.2020, 20:44   Izoh (0)   21304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada narxi 290 dollar bo‘lgan kislorod kontsentratorlari ishlab chiqariladi

    17.08.2020, 20:31

    Jizzaxda hozirgacha 147 kishida koronavirus qayd etilgan. Toshkent shahrida kasallikka chalinganlar bundan 147 baravar ko‘p

    17.08.2020, 20:07

    Abdulla Aripovning Buxoroga safari ortidan viloyat hokimi haqida ziddiyatli xabarlar tarqaldi. Hokim komada ekani aytilmoqda

    17.08.2020, 20:00

    Mirobodda tormozi ishlamay qolgan avtokran Mazda’ga urilib, Spark va Nexia ustiga yiqildi (video)

    17.08.2020, 19:55

    Shavkat Mirziyoyev karantin yumshatilgani sababli COVID-19 tarqalishi xavfi sezilarli darajada oshishi mumkinligini aytdi

    17.08.2020, 19:21

    Toshkent shahrida yaqin 3 oy ichida jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘i optimallashtiriladi

    17.08.2020, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.