Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati 2021–2023-yillarda rejalashtirilgan turizm sohasidagi investitsiya loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Boshqarmaning ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda uch yil ichida mahalliy va xorijiy tadbirkorlar tomonidan jami 9,4 trillion so‘mlik sarmoyalar kiritiladi, ularning 739,5 million dollari chet el investitsiyalari hisoblanadi.
90 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, ular: 66 ta mehmonxona (3596 ta xona, 7050 ta yotoqxona), 12 ta savdo-ko‘ngilochar markazlari, 9 ta istirohat bog‘i va 3 ta hunarmandchilik markazi. Shu bilan birga, 6102 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish kutilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu bosqichda loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan va monitoring olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 19 ta yangi savdo-ko‘ngilochar majmuasi qurilayotgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, savdo-ko‘ngilochar majmuasi soni 49 taga yetkazilganidan keyin shaharda savdo maydonlari bilan ta’minlanganlik darajasi 1000 aholiga 448 kvadrat metrga yetadi. Hozirda bu ko‘rsatkich 45 kvadrat metrga teng.
Avvalroq O‘zbekistonda mehmonxonalar uchun imtiyoz va preferensiyalar 2021-yil oxirigacha uzaytirilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)