• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Karantinli futbol, “takrorlanmas” Chempionlar Ligasi, “Liverpul”ning orzusi va Messining arazlashi. Dunyo futbolida yil yakunlari

    Barcha uchun og‘ir va sinovli o‘tgan 2020-yil ham oxirlab bormoqda. Mazkur yilda koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab yirik sport musobaqalari qoldirildi. Xususan, Tokio—2020 Olimpiadasi va Yevro–2020 kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi turnirlar bir yil muddatga kechiktirildi. Boshqalarini esa biroz noodatiy formatda o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ortda qolayotgan yil sport olami uchun katta yo‘qotishlari bilan ham yodda qoldi. Diyego Maradona, Kobi Brayant, Paolo Rossi va Abdulmanap Nurmagomedov kabi buyuk sport darg‘alari bu foniy dunyo bilan vidolashdi. Shunga qaramay, 2020-yil eslashga arziydigan voqealarga boy bo‘ldi deb aytish mumkin.

    “Daryo” quyida sizni 2020-yilda Jahon futbolida sodir bo‘lgan eng e’tiborga molik voqealarni eslashga taklif etadi.

    “Karantinli futbol”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Sport turlari orasida futbol pandemiya holatidan birinchilardan bo‘lib chiqdi. O‘yinlar muxlislarsiz va karantin qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazildi. Bunda futbolchilarga maydonga tupurish, o‘zaro libos almashish va gol urilganidan so‘ng bir-birini quchoqlab (keyinchalik bekor qildi) tabriklash taqiqlandi. Kulgili-a, shundaymi? Biroq pandemiya shunga majbur qildi, nachora. Shuningdek, karantin sabab yuzaga kelgan taqvimdagi tig‘izlik tufayli futbolchilarni avaylash uchun zamonaviy futbolda ilk bor bir o‘yin davomida beshtagacha futbolchi almashtirishga ruxsat berildi. Xursand qiladigan jihat, yil yakuniga borib, ko‘plab mamlakatlarda muxlislar tashrifiga ruxsat berildi, bu esa futbol ishqibozlari bilan birgalikda o‘yinchilarni ham birdek xushnud etdi. Axir, futbol muxlislar uchun o‘ynaladi-ku...

    “Takrorlanmas” Chempionlar Ligasi

    Shubhasiz, pandemiya tufayli ortda qolgan Chempionlar Ligasi mavsumi ham o‘ziga xos va noyob tarzda o‘tdi. Barcha milliy chempionatlar amal-taqal qilib tugatilgach, kun tartibidagi asosiy masala Yevrokuboklar bo‘lib qoldi. Shunda UEFA barcha jamoalarni Lissabonga (Portugaliya) yig‘ishga va musobaqani markazlashgan holda yakunlashga qaror qildi. Ushbu holatda pley-off o‘yinlari bitta bahsdan iborat bo‘ldi. Bu qarorga kelish tashkilot uchun qanchalik og‘ir bo‘lmasin, vaziyat shuni taqozo etardi. Chunki chor-atrofda ko‘rinmas balo izg‘ib yurardi.

    Xo‘sh, COVID-19 Chempionlar Ligasi finaliga ta’sir qildimi? Buning uchun 2018/19-yilgi “Liverpul” va “Tottenhem” o‘rtasidagi uchrashuvni eslashning o‘zi kifoya. O‘shanda hatto gavjum stadion ham o‘yinni “qizdirib” bera olmagandi. Bu yili tribunalar bo‘sh, birinchi bo‘lim golsiz o‘tgan bo‘lsa ham, oldingi yilgi Chempionlar Ligasi finaliga qaraganda ko‘proq voqealarga boy bo‘ldi deyish mumkin, bu yerda motivatsiya o‘z so‘zini aytdi. Bu bilan o‘tgan yilgi finalda motivatsiya yo‘q edi degan fikr ilgari surilmayapti. Shunchaki Neymar barchaga Messisiz ham kuchli ekanligini isbotlashni, Mbappe 21 yoshida ham terma jamoa (Mbappe 2018-yilda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan), ham klub miqyosidagi eng katta ikkita yirik musobaqada g‘olib bo‘lishni istardi. Levandovski boshchiligidagi “Bavariya” esa o‘zining Yevropadagi tengsiz ekanligini ko‘rsatmoqchi edi.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Yakunda “futbolni 22 kishi o‘ynaydi, yakunda esa nemislar g‘alaba qozonadi” degan ibora o‘z isbotini topdi, “Bavariya” tizimli futbolning natijasini ko‘rsatdi. Jamoa karantindan oldin ham g‘alaba qozonayotgandi, undan keyin ham to‘xtamadi. Aftidan, unga hech narsa ta’sir qilmaydigandek, na koronavirus va karantin. Nima bo‘lsa ham g‘alaba qozonaveradi.

    Ushbu Chempionlar Ligasini eslab qoling. To‘g‘ri, uning g‘olibi hech kimni ajablantirmadi, ammo jamoalarning finalgacha bo‘lgan yo‘li mislsiz hodisa edi. Bunaqasi endi boshqa bo‘lmaydi (bo‘lishini hech kim xohlamasa ham kerak).

    “Liverpul”ning 30 yillik orzusi

    Angliyaning eng tarixiy klublaridan biri “Liverpul” so‘nggi yillarda o‘z nomini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Jamoada Virjil van Deyk, Allison, Muhammad Saloh va Sadio Mane kabi yulduzlar paydo bo‘ldi. Yurgen Klopp jamoasi 2018/19-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqan edi, 2020-yilda esa naq 30 yillik tanaffusdan keyin Angliya Premyer Ligasida zafar quchdi. Buning uchun Mersisayd klubi uzoq va og‘ir yo‘lni bosib o‘tdi.

    Foto: “Liverpul”

    Foto: “Liverpul”

    “Liverpul” o‘tgan mavsumda Premyer Ligadagi aksariyat rekordlarning ham muallifi bo‘ldi. Misol uchun, “qizillar” turnirda 31 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, bir mavsumda bunday ko‘rsatkichga erishgan yagona jamoaga aylandi. Bundan tashqari, mersisaydliklar liga tarixidagi eng erta chempionlikni qayd etdi. “Qizillar” chempionat yakunlanishiga 7 tur qolganida o‘zlari uchun chempionlikni kafolatlab qo‘ygandi. Umuman olganda, “Liverpul”ning takrorlagan, yangilagan va o‘rnatgan rekordlari haqida soatlab to‘xtamasdan gapirish mumkin. Asosiysi, “qizillar” 30 yillik tanaffusdan keyin munosib tarzda chempionlikni qo‘lga kirita oldi. Muhimi shu.

    Messining arazlashi

    2020-yilning eng asosiy voqealaridan yana biri, faoliyati davomida faqat “Barselona” safida to‘p surgan Messining katalon klubini tark etishga qaror qilgani bo‘ldi. Uni klubning so‘nggi yillardagi natijalari, maqsadlari va rahbariyati qoniqtirmadi. Shuningdek, uning birin-ketin do‘stlari ham klubdan badarg‘a qilina boshladi. Messi shu sabablar tufayli klub rahbariyatiga ketishi to‘g‘risida byurofaks yubordi. Biroq sobiq prezident Xosep Bartomeu bunga yo‘l qo‘ymadi va pandemiya sharoitida uning tovon pulini 700 million yevro etib belgiladi. Yakunda Messi jamoada qolishga majbur bo‘ldi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Doimo “Barselona” mening hayotim ekanini aytib kelganman. 13 yoshimdan shu yerda yashayman. Men ham klub, ham shaharda katta bo‘ldim. Vatanim Argentinaga qaraganda, Barselonada uzoqroq yashaganman. Bu yerda hamma narsani o‘rgandim, klub meni futbolchi va inson sifatida tarbiyaladi. “Barsa” menga hamma narsani berdi, men ham doimo “Barselona” uchun borimni berganman.

    Agar o‘tgan yozda bepul ketmoqchi bo‘lganimda, sudga murojaat qilib, ishni yutib chiqardim. Bu haqida menga ko‘plab advokatlar aytdi. Biroq shunchaki bu tarzda ketishni xohlamadim”, — deydi Messi jamoadan ketmoqchi bo‘lgani haqida.

    Umuman olganda, futbol olami 2020-yilda juda ko‘plab voqealarga boy bo‘ldi. Afsuski, ularning barchasini sanab o‘tishning imkoni yo‘q. Shuning uchun aybga buyurmaysiz degan umiddamiz. Kirib kelayotgan 2021-yilda sizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik va oilaviy baxt doimiy hamroh bo‘lsin!

    Bilol ERKIN tayyorladi

    31.12.2020, 12:14   Izoh (0)   23445
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    10 oyga cho‘zilgan Superliga, A Seriyadagi Shomurodov va bekor bo‘lgan musobaqalar. O‘zbek sportida yil yakunlari

    31.12.2020, 10:12

    Islom dinini qabul qilgan taniqli futbolchilar (foto)

    31.12.2020, 08:10

    La Liga. “Real” autsayder maydonida g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Luis Suaresning goli “Atletiko”ga 3 ochko keltirdi

    31.12.2020, 04:06

    APL. “Liverpul” ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi

    31.12.2020, 03:36

    Filippe Koutinyo jiddiy jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi

    30.12.2020, 22:35

    “Tottenhem” — “Fulhem” uchrashuvi koronavirus sabab qoldirildi

    30.12.2020, 20:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.