Angliya Premyer Ligasi 16-turidan o‘rin olgan “Tottenhem” va “Fulhem” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv qoldirildi.
“Tottenhem” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Fulhem” futbolchilari va klub xodimlarida koronavirus aniqlangan.
Bu Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumida COVID-19 sabab qoldirilayotgan uchinchi o‘yin bo‘ldi.
Dekabr oyi boshida “Nyukasl” va “Aston Villa” jamoalari o‘rtasidagi bahs qoldirilgandi. Bu haftada esa “Everton” — “Manchester Siti” o‘yini ham qoldirildi.
“Tottenhem”—“Fulhem” uchrashuvi 30-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanishi rejalashtirilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)