“Barselona” Ispaniya La Ligasi 16-turi doirasida 29-dekabr kuni “Eybar”ga qarshi kechgan bahsda 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Ortda qolgan 15 o‘yinda katalon klubi 25 ochko to‘pladi. Bu 2003/04-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natija hisoblandi. O‘sha vaqtda Frank Raykard qo‘l ostidagi jamoa 15 uchrashuvdan keyin 20 ochko to‘plagandi.
Qayd etish joiz, o‘sha mavsum “Barselona” 38 o‘yinda 72 ochko to‘plab, La Ligani ikkinchi o‘rinda yakunlagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)