Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi (AIPS) 2020-yilning eng yaxshi sportchilari nomi ma’lum qildi.
Erkaklar sporti toifasida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski 620 ochko to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rindan Formula-1 chempioni Lyuis Hemilton (546) o‘rin olgan bo‘lsa, tennischi Rafael Nadal (327) uchinchi pog‘onaga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Lebron Jeyms (basketbol) va Arman Dyuplantis (yengil atletika) o‘rin oldi.
Ayol sportchilar orasida tennischi Naomi Osaka (526) birinchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar yengil atletikachi Yulimar Roxas (331) va tennischi Serena Uilyamsga (327) nasib etdi.
So‘rovnomada 116 mamlakatning (ular orasida O‘zbekiston yo‘q) 422 nafar OAV xodimi ishtirok etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)