• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzAuto Motors 562 mlrd so‘mlik daromaddan quruq qolganida jamoatchilikni aybdor qildi

    OAV va ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors’ga nisbatan “maxsus buyurtma” asosida turli bo‘hton va asossiz xabarlarning tarqatilishi nafaqat milliy brendning nufuziga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu haqda kompaniyaning yuridik departamenti direktori Rustam Shaymardanov muallifligi ostida chiqarilgan maqolada aytilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, bunday xabarlar tarqalishi 2020-yilning avgust–sentabr oylarida UzAuto Motors kunlik tushumining qariyb 30-40 milliard so‘mga keskin kamayishiga olib kelgan, oqibatda kompaniyaning bu oydagi tushumi 562 milliard so‘mga kam chiqqan.

    “Bunday yo‘qotishlar, albatta, kompaniyaning mazkur tushumlarga mutanosib ravishda davlat budjetiga soliq va boshqa ijtimoiy to‘lovlar to‘lashiga to‘sqinlik qilgan. Mablag‘ taqchilligi yuzaga kelishi oqibatida sentabr oyida rejalashtirilgan akkreditiv to‘lovlari va xorijiy hamkorlarga yo‘naltiriladigan to‘lovlar oktabr–noyabr oylarida kechiktirib to‘langan”, — deyiladi xabarda.

    Ikkinchidan, kompaniyada aytilishicha, ushbu xabarlar O‘zbekiston avtosanoat sohasining investitsiya jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Uchinchidan, UzAuto Motors investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, zavodning texnik jihozlarini modernizatsiya qilish va aylanma mablag‘larini ko‘paytirish borasidagi xorijiy hamkorlar bilan 150 million yevro miqdoridagi kelishuvning kechikishiga sabab bo‘lgan.

    Bundan tashqari, kompaniya 2020-yilda erishgan asosiy yutuqlar ham sanab o‘tilgan:

    • ishlab chiqarish hajmi so‘nggi 3 yilda ikki baravar — 140 donadan 280 ming donaga yetdi;
    • savdo tizimini raqamlashtirish natijasida avtomobillar savdosi shaffofligiga erishildi;
    • sohada raqobatni kuchaytirish maqsadida Jizzax viloyatida eng yirik jahon brendlaridan biri bo‘lgan, Germaniyaning Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi;
    • eksport hajmi qariyb 1,5  baravarga (2019-yilda — 3 baravarga) oshdi;
    • sohaga investitsiya hajmi 2020-yil yakuniga ko‘ra 100 million dollardan oshdi (o‘tgan yili 70 million dollarga oshgan);
    • budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga 5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ to‘landi (o‘tgan yili 2,6 trillion so‘m to‘langan);
    • 2020-yilning oktabr oyida audit yakunlariga ko‘ra kompaniya xalqaro BIQ IV (Built-in quality) sifat darajasini oldi;
    • har 1000 dona avtomobilga 15 nuqsonli holatlar to‘g‘ri keldi (jahon ko‘rsatkichi o‘rtacha 28 tani tashkil etadi).
    Eslatib o‘tamiz,  deputat Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan va 2020-yilning iyul oyida UzAuto Motors’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. Qo‘mitaning 2020-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan. Qo‘mita narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. UzAuto Motors esa bunga “avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz” deya javob qaytargan edi.

    Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi va keyinroq kompaniya Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

     UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi sud jarayoni 2-oktabr kuni boshlangan, 9-oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16-oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagandi.

    23-oktabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida UzAuto Motors chetdan olib kelingan butlovchi ehtiyot qismlarning narxi oshishi, xorijiy valyuta kursi oshishi tannarxlarning shakllantirishida ta’sir qilishini ta’kidlab, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu holatni hisobga olmaganini bildirgan. Bunga javoban qo‘mita vakillari tekshirish davomida bir necha marotaba hujjatlar taqdim etish so‘ralganida kompaniya tomonidan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, tekshirish muddati yakunlanishiga kam vaqt qolganligi sababli umumiy hisob-kitoblar tanlov asosida o‘rganib chiqilganligini ma’lum qilgan.

    Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020-yil 30-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi UzAuto Motors’ning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan ish bo‘yicha 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 18-noyabr kuni UzAuto Motors ishi bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan appelyatsiya shikoyatini kiritdi. Toshkent shahar ma’muriy sudida 18-dekabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining  mazkur apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, birinchi instansiya sudining 2020-yil 30-oktabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi o‘zgarishsiz, keltirilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

    Avvalroq  “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov UzAuto Motors atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirib, “Biz O‘zbekistonda mashina sotib oladigan 300 ming odamni o‘ylab, mamlakat iqtisodiyotini xavfga qo‘ya olmaymiz”, deb aytgandi.

    Mavzuga doir: UzAuto Motors Asakadagi zavodning vaqtincha to‘xtashi avtomobillar narxi va yetkazib berishga ta’sir etmasligini ma’lum qildi

    29.12.2020, 20:57   Izoh (0)   63610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni tekshirishga qarshi moratoriyni yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi

    29.12.2020, 20:49

    O‘zbekistonda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi

    29.12.2020, 20:35

    “Korrupsiyaga toqatsizlik hayotimiz bir qismiga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 20:27

    O‘zbekistonda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 20:20

    O‘zbekistonda 2020-yilgi paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 174 nafar mansabdor 745,7 mln so‘m jarimaga tortilgan

    29.12.2020, 20:12

    O‘zbekiston 2021-yildan boshlab davlat nomidan tashqi qarz olishni kamaytiradi

    29.12.2020, 20:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.