• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Neshvill markazidagi portlashni “kompyuter giki” Entoni Uorner sodir etgan. U hammani evakuatsiya qilishga chaqirgan va yagona qurbon bo‘lgan. Uorner 5G’ning xavfliligiga ishongan

    25-dekabr kuni Rojdestvo tongida Amerikaning Tennessi shtati poytaxti Neshvill shahri markazida g‘ildirakli uy portlab ketdi, deb yozadi Meduza. Buning oqibatida bir kishi — avtotreylerning 63 yoshli xo‘jayini Entoni Kuinn Uorner vafot etdi. Politsiyachilar furgon ichidan eshitilgan, portlash haqidagi ogohlantirishni eshitmaganida va yaqin atrofdagi binolardan odamlarni evakuatsiya qilmaganida, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga Uornerning 5G texnologiyalari borasidagi “paranoyya”si sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Neshvillda avtotreyler portlashi oqibatlari, 2020-yil 25-dekabr

    Neshvillda avtotreyler portlashi oqibatlari, 2020-yil 25-dekabr
    Foto: AP Photo

    O‘zi nima bo‘lgan edi?

    25-dekabr kuni ertalab 6:30 da Neshvill markazida g‘ildirakli uy portlab ketdi. Portlashdan oldin undan ayol kishining “kompyuterlashtirilgan” baland ovozi yangragan. Ovoz avtomobil 15 daqiqadan keyin portlashi haqida ogohlantirgan va portlashgacha qolgan vaqtni teskari tartibda sanay boshlagan. “Agar bu xabarni eshitayotgan bo‘lsangiz, zudlik bilan evakuatsiya qiling”, — degan ovoz.

    Shu bilan bir vaqtda avtotreyler dinamiklaridan britaniyalik qo‘shiqchi Petula Klarkning Downtown qo‘shig‘i yangragan. 1964-yilda chiqqan qo‘shiq “bir o‘zing bo‘lganingda va hayot seni yolg‘iz his qildirayotgan bo‘lsa, shahar markaziga bor” degan so‘zlar bilan boshlanadi. Keyin esa u yerda “chiroqlar ancha yorqinroq” ekanligi va “muammolar va tashvishlar haqida” unutish mumkinligi aytiladi.

    Portlash sodir bo‘lgan ko‘cha Neshvill markazida joylashgan, u yerda tarixiy binolar ko‘p bo‘lib, ular kafe va barlarni o‘z ichiga olgan. Avtotreyler Amerikaning AT&T telekommunikatsiya kompaniyasining data-markazi yaqinida to‘xtab turgan. Portlash to‘lqini yaqinda joylashgan uylarning oynalarini sindirdi, AT&T ofisi qarshisida joylashgan binoning old qismini vayron qildi, uchta avtomobilni yo‘q qildi, daraxtlarni qulatdi.

    Bundan tashqari, data-markazga yetgan zarar tufayli Tennessining ba’zi qismlarida, shuningdek, Qo‘shni Alabama va Kentukki shtatlarida uyali aloqa va internet vaqtinchalik ishlamay qoldi. Buning natijasida politsiya va tibbiyot muassasalarining favqulodda raqamlariga ham tushib bo‘lmagan.

    https://twitter.com/MNPDNashville/status/1343362483411628033

    Kimlar jabrlandi?

    Portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu 63 yoshli Entoni Kuinn Uorner. U avtotreyler egasi bo‘lgan va voqea joyidan topilgan odam qoldiqlarining DNK-tahliliga ko‘ra, furgon portlagan vaqtda uning ichida bo‘lgan.

    https://twitter.com/FBIMemphis/status/1343388799703900161

    Yana uch kishi jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan: ular barqaror holatda. Agar voqea joyiga politsiyachilar borib qolmaganida qurbonlar ko‘proq bo‘lardi. Politsiya xodimi Jeyms Luellin o‘q uzilganligi haqidagi xabarlar tufayli furgon turgan ko‘chaga yetib kelgan. Bu ma’lumot tasdiqlanmagan, qaytaga politsiyachi portlash haqidagi ogohlantirishni eshitib qolgan.

    Luellin qo‘shimcha kuchlarni chaqirgan, unga yordam berish uchun yana besh hamkasbi yetib kelgan. Ular birgalikda g‘ildirakli uy to‘xtab turgan dahaga kirish joylarini to‘sib qo‘ygan va qo‘shni uylar eshiklarini taqillatib, odamlardan xavfsiz masofaga uzoqlashishni iltimos qila boshlagan. Ular uydan chiqarib yuborgan odamlar orasida to‘rt bolali ayol ham bo‘lgan.

    26-dekabr kuni olti politsiyachining besh nafari matbuot anjumanida qatnashdi, u yerda ularga odamlar hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirildi. “Bu bizni bir umrga, hayotimizning qolgan qismi davomida bog‘lab turadi. Rojdestvo endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi”, — dedi portlash oqibatida eshitish qobiliyatidan qisman mahrum bo‘lgan ofitser Jeyms Uells.

    https://twitter.com/MNPDNashville/status/1343271118615027718

    Kim aybdor?

    FQB fikricha, portlashni Entoni Kuinn Uornerning o‘zi sodir etgan. Uning sheriklari bo‘lmagan, deb taxmin qilinmoqda. Federal agentlar kuzatuv kameralaridan olingan ko‘p soatli qaydlarni ko‘rib chiqib, shunday xulosaga keldi: portlashdan oldin ko‘chada Uornerdan boshqa hech kim bo‘lmagan. Amerikalikning xatti-harakatini tergov ommaviy qotillik sodir etishga urinish emas, balki o‘z joniga qasd qilish deb hisobladi.

    Uorner Neshvill tashqarisida — Antioxiyadagi ikki qavatli uyda yashagan, u shahar markazidan, taxminan, 18 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yolg‘iz yashagan va Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, marhum akasining merosi tufayli onasi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lgan. Uornerning tanishlari uni tinch, xotirjam, biroz g‘alati odam, “kompyuter botanigi” sifatida tavsifladi. U IT sohasida frilanser bo‘lib ishlagan. Shuningdek, 1990-yillarda u qo‘riqlov signalizatsiyalari savdosi bo‘yicha biznesga egalik qilgan.

    Marhumga buyurtmalar bergan Fridrich & Clark Realty ko‘chmas mulk agentligi rahbari Stiv Fridrix FQBga ma’lum qilishicha, dekabr boshida Uorner unga pensiyaga chiqayotganini aytgan. Shuningdek, Uorner sobiq ma’shuqasiga mashinasini sovg‘a qilib yuborgan va unda onkologik kasallik borligini aytgan (bu rost yoki yolg‘onligi noaniq). Bundan tashqari, matbuot ma’lumotlariga qaraganda, vafotidan bir oy avval u o‘z uyini los-anjeleslik Mishel Suing ismli ayol nomiga o‘tkazgan. Uning Uornerga qanday bog‘liqligi borligi noma’lum.

    Shu paytgacha Uorner hech qachon politsiya e’tiboriga tushmagan. U bu qilmishini nima maqsadda amalga oshirgani hozircha aniq emas. Associated Press manbasiga ko‘ra, Uorner AT&T operatori binosini nishonga olgan bo‘lishi ham mumkin (uning g‘ildirakli uyi portlashdan oldin shu yerda to‘xtab turgandi).

    FQB agentlari Uornerning qo‘shnilaridan unda 5G borasida “paranoyya” bo‘lgan-bo‘lmaganligi haqida so‘ragan. Fitna nazariyasi tarafdorlari fikricha, ushbu aloqa texnologiyasi odamlarni kuzatish, onkologik kasalliklar va koronavirus tarqatish maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin.

    Daily Mail’ning tekshiruvga yaqin manbasiga qaraganda, Uorner rostan ham 5G odamlarni o‘ldirish uchun qo‘llaniladi, degan fikrda bo‘lgan. U 2011-yilda otasi demensiya (aqli pastlik)dan vafot etganidan keyin bunga ishonishni boshlagani haqidagi versiya tekshirilmoqda. FOX manbalari ma’lum qilishicha, Uornerning otasi 2006-yilda AT&T tarkibiga kirgan BellSouth kompaniyasida ko‘p yillar ishlagan.

    “Hozircha norasmiy motiv shundan iboratki, gumonlanuvchi 5G o‘limlarga sabab bo‘lishini, portlashdan keyin uni qahramon deb e’lon qilishlarini taxmin qilgan”, — dedi Daily Mail hamsuhbati.

    Mavzuga doir: Neshvillda Rojdestvo tongida g‘ildiraklar ustidagi uy portlab ketdi. Bunga qadar avtomobil 15 daqiqadan so‘ng portlashi haqida ovoz yangragan

    29.12.2020, 23:44   Izoh (0)   27673
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT bosh kotibi 2021-yilni tiklanishga bag‘ishlashni taklif qildi

    29.12.2020, 23:28

    Xitoy 2028-yilga kelib iqtisodiyotda AQShni ortda qoldirishi mumkin

    29.12.2020, 22:43

    Argentina o‘z aholisini koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlashni boshladi

    29.12.2020, 21:41

    Amerikalik shifokorlar COVID-19’ning respirator simptomlardan ham avvalroq paydo bo‘ladigan alomatlarini ma’lum qildi

    29.12.2020, 21:10

    Argentina prezidenti vaksinalar atrofidagi savdo va geosiyosiy bahs haqida gapirdi

    29.12.2020, 18:25

    Vakillar palatasi amerikaliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni 600 dollardan 2000 dollargacha oshirishni yoqlab ovoz berdi

    29.12.2020, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.