• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AES qurilishi mavzusi kun tartibiga qaytmoqdami?

    Maftuna Aliyeva, “Daryo” yosh jurnalistlar maktabi tinglovchisi.

    O‘zbekistonda “Rosatom” bilan birga AES qurish rejalashtirilayotgani so‘nggi yillarda keng jamoatchilik orasida munozalarga sabab bo‘layotgan edi. Yaqinda Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev bu mavzuni kun tartibiga qaytardi: u “AES shartnomasi deyarli tayyor, faqat texnik jihatlari qoldi”, deb ma’lumot berdi. Bu AES masalasi yana bir bor ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Rossiya elchisining ishi shoshqaloqlikmi?

    O‘zbekiston 2019-yilda AES qurilish ishlarida ekspertlik missiyasi so‘rab MAGATE — xalqaro atom agentligiga murojaat qilgan edi. Shu munosabat bilan 2021-yilda MAGATEning Pre-INER missiyasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

    “O‘zAtom” agentligi boshqarma boshlig‘i Shavkat Abdukomilov “Kun.uz”ga bergan intervyusida INIR missiyasi va bu missiyadan ko‘zlangan maqsad nima ekani haqida ma’lumot bergan edi. Mutaxassisning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Pre-INER missiyasining vazifasi AESga ilk qadam qo‘yayotgan davlatlarga ularning milliy yadroviy infratuzilmasi holatini baholashda ekspertlik yordamini ko‘rsatishdan iborat. MAGATE yo‘riqnomasiga ko‘ra, AES qurilishi uch bosqichda amalga oshirilishi kerak:

    • atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilish;
    • AES qurish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun tayyorgarlik;
    • qurib bo‘lingan AESni foydalanishga topshirish.
    INIR ekspertlik missiyasini o‘tkazish AESga qadam qo‘yishning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Bu missiya hali o‘tkazilmagani va MAGATE o‘zining xulosa va takliflarini taqdim etmagani tufayli Rossiya elchisining ma’lumotini shoshqaloqlik sifatida baholash mumkin. AES atrofidagi muzokaralar bizni yana AES masalasiga qaytishga majbur qildi.

    AES nima uchun “qo‘rqinchli”?

    Bugun butun dunyoda eng arzon elektr manbayi AES bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda elektr olishning bu usuliga nisbatan qo‘rquv mavjud. Ba’zi mutaxassislar jamoatchilik orasida AES qurilishidan xavotir borligiga quyidagi omillarni sabab qilib ko‘rsatadi:
    • atom elektr stansiyasini ishlatish uchun ayni shu yo‘nalishning malakali xodimlari va sanoat madaniyatining yuqori darajasi talab qilinadi. O‘zbekistonda esa har ikkisini birdek ta’minlashning iloji yo‘q deb hisoblashadi;
    • ko‘pchilik Fukusima va Chernobil voqealarini, radiaktiv zaharlanish xavfi mavjudligini AES qurmaslik uchun asos qilib ko‘rsatadi;
    • bundan tashqari, qurilishi ko‘zda tutilgan AES aynan “Rosatom” bilan hamkorlikda amalga oshirilishi O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanish uchun emas, Rossiya siyosiy ta’sirini oshirish uchun xizmat qilishi mumkinligi haqidagi qarashlar ham mavjud.

    AESga o‘tib ketishga bizni nimalar majbur qilyapti?

    Energetikaning yetakchi mutaxassislari fikriga ko‘ra, elektr energiyasi bilan bog‘liq real muammolar ko‘lami anchayin katta. AES qurilishi natijasida kelib chiqishi hozircha faqat taxmin bo‘lgan muammolarning esa yechimini topish mumkin.

    Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 80 foizi IESlarda — ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘i mahsulotlaridan olinadi. Bunday usulda olinadigan elektr energiyasi tannarxining deyarli 70 foizini aynan yoqilg‘i narxi tashkil etadi. Ko‘mir, tabiiy gaz kabi foydali qazilma zaxiralari cheklangani tufayli ularning narxi oshib borishi elektr energiyasi narxining ham oshishiga sabab bo‘ladi.

    Bundan tashqari, elektr energiyasi olishning ushbu usuli atmosferaning ifloslanishiga ham sezilarli hissa qo‘shadi. Masalan, 1000 MVt energiya uchun IES atmosferaga 13 ming tonna zaharli gaz va 165 ming tonna ko‘mir changi chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, ekologiya bo‘yicha Parij kelishuviga amal qilishga to‘sqinlik qiladi.

    Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, “Uzatom” bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudovning ta’kidlashicha, tiklanadigan energiya manbalari, masalan, shamol yoki Quyoshdan elektr energiyasi olish iqlim barqarorligiga bog‘liq. Bu esa ularni doimiy saqlab turish chora-tadbirlarini ko‘rishni talab qiladi. Natijada Quyosh yoki shamol energiyasidan olingan elektr energiyasining narxi qimmatlashadi.

    Bundan tashqari, O‘zbekistonda elektr energiyasini aholiga yetkazib berish bilan bog‘liq texnik muammolar ham talaygina. Osiyo taraqqiyot banki tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalarning yoshi 40—50 yilni tashkil etadi; ular mustaqillik yillarida jiddiy ta’mirlanmagan.

    Jahon bankining ma’lumotiga qaraganda, O‘zbekistonda elektr iste’moli 1990-yildan buyon muntazam pasayib ketyapti.

    Shunday qilib, AES — eng maqbul yechim

    Mutaxassislarning fikricha, yuqoridagi muammolarni hal qilishning eng maqbul yechimi atom elektr stansiyasi qurishdir.

    AES mutlaqo yashil energiya manbayi hisoblanadi. Ularning atmosferaga zarari deyarli yo‘q. Gaz yoki ko‘mirdan farqli o‘laroq, uran elektr tannarxining juda kam qismini — bor-yo‘g‘i 8—10 foizini tashkil etadi. Bu esa elektr energiyasi narxining barqarorligini ta’minlaydi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    29.12.2020, 15:06   Izoh (0)   77001
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 15 yil davomida muqim yashagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolik berish tartibi joriy qilinadi

    29.12.2020, 14:50

    O‘zbekistonda 2021-yilda ikkita tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi, Toshkent yer usti metrosining ikkinchi navbati ishga tushadi

    29.12.2020, 14:46

    “JSTga kirish hamda Yevroittifoq bilan hamkorlik bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozim” — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 14:38

    O‘zbekistonda 2021-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi, 73 ta aksiz solig‘i bekor qilinadi

    29.12.2020, 14:29

    Andijonda 2021-yil nomi yozilgan banner Prezident murojaatnomasi tugamay o‘rnatildi

    29.12.2020, 14:23

    Shavkat Mirziyoyev: “Davlat ishtirokidagi korxonalar davlatning o‘ziga og‘ir yuk bo‘lyapti”

    29.12.2020, 14:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.