• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi, 73 ta aksiz solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekistonda 2021-yildan oziq-ovqat, neft va elektrotexnika kabi tarmoqlarda 73 ta aksiz solig‘i bekor qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ma’lum qildi.

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Bundan tashqari, zargarlik sohasida kelgusi yil 1-martdan boshlab kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi o‘rnatiladi.

    “Avtomobil sanoatida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbarining qayd etishicha, hozirgi kunda davlat xaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnashmoqda. Kelgusi yilda 24 ta yirik davlat korxonasiga davlat xaridi bo‘yicha ochiq-oshkora talablar joriy etiladi. Natijada mahalliy tadbirkorlar har yili kamida 10 trillion so‘mlik mahsulotlarini ushbu korxonalarga sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    “Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament nazoratida bo‘ladi”, — deya alohida qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

    Mavzuga doir:

    • Jizzax viloyati hokimining qiziga tegishli kompaniya ko‘chalarga gul ekish bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik yana bir tenderni yutib olgani ma’lum bo‘ldi
    • “Jizzaxcha tenderlar-2”. Bir necha yuz mlrd so‘mlik loyihalarni viloyat hokimi o‘rinbosarining qarindoshlari qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi
    • Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini yutgani ma’lum bo‘ldi
    Shavkat Mirziyoyevning alohida ta’kidlashicha, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishiladi. Garvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyat va nisbiy ustunliklarga ega.

    Ayniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda “yashil iqtisodiyot” bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotning “drayverlari”ga aylanishi uchun yetarli sharoit mavjud. “Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim”, — dedi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev hukumatga 2021-yil 1-aprelgacha istiqbolli sanoat klasterlari ro‘yxatini aniqlab, ularni jadal rivojlantirish uchun alohida dastur ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Kelgusida esa “bojxona hududida qayta ishlash rejimi”da sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarurligi, shu bilan birga, investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirib, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ulushini oshirish kerak, dedi davlat rahbari.

    Geologiya sohasida 2020-yilda 21 ta kon va istiqbolli maydonlar ochiq auksion orqali investorlarga sotildi. 2021-yilda yana 50 ta kon va istiqbolli maydonlar mahalliy va chet ellik investorlarga ochiq mexanizmlar asosida sotiladi.

    Umuman, kelgusi yilda O‘zbekiston o‘z oldiga 23 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish vazifasini qo‘ygan. Buning natijasida 2021-yilning o‘zida 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev: “Davlat ishtirokidagi korxonalar davlatning o‘ziga og‘ir yuk bo‘lyapti”
    • O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozori shakllantiriladi, suyultirilgan gaz importi uchun bojlar bekor qilinadi
    • Shavkat Mirziyoyev 2021-yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qildi

    29.12.2020, 14:29   Izoh (0)   31575
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 2021-yil nomi yozilgan banner Prezident murojaatnomasi tugamay o‘rnatildi

    29.12.2020, 14:23

    Shavkat Mirziyoyev: “Davlat ishtirokidagi korxonalar davlatning o‘ziga og‘ir yuk bo‘lyapti”

    29.12.2020, 14:00

    O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozori shakllantiriladi, suyultirilgan gaz importi uchun bojlar bekor qilinadi

    29.12.2020, 13:52

    Toshkentdagi YPX xodimlari yangi formada xizmat olib bormoqda

    29.12.2020, 13:50

    O‘zbekistonning barcha tuman markazlari va shaharlarda piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etiladi — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 13:21

    Shavkat Mirziyoyev har yili 30 ming kishining hayotini saqlab qoladigan tumanlararo tibbiyot markazlari tashkil etilishini e’lon qildi

    29.12.2020, 13:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.