• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yunusoboddagi metro qurilishida olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avariya bo‘yicha tergov tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avariya bo‘yicha tergov tafsilotlarini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlarining bajarilishi ustidan nazoratni susaytirgani uchun va bo‘ysunuvchi korxonalarda o‘lim bilan yakunlangan guruhli baxtsiz hodisani keltirib chiqargani uchun “Ko‘prikqurilish” tresti menejeri Qudrat Isayev 22-yanvar kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

    Hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi, 258-modda (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Tekshiruv davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning “Ko‘prikqurilish” tresti 67-sonli ko‘prik qurilish ekipaji boshlig‘ining o‘rinbosari (qurilish uchun mas’ul) Otabek Alimov, otryad boshlig‘i Saidbek Bobojonov, qurilish ishlari bo‘yicha otryad brigadasi Salohiddin Ashurov, “Toshkent metropoliteni”ning Metropoliten liniyalarini qurish direksiyasi ishlab chiqarish bo‘limining qurilish-montaj ishlari katta inspektori Bahodir Muhammadrahimov 257-moddaning 2-qismi “a” va “b” bandlarida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘limi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi), 258-moddaning 2-qism alohida inobatga olingan belgilar mavjudligi aniqlangan.

    Biroq ular ilgari sudlanmaganliklari, marhumlarning oila a’zolari tomonidan e’tirozlar mavjud emasligi, shuningdek, ularga berilgan ijobiy tavsifnoma inobatga olinib, yuqorida qayd etilgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish to‘xtatilgan.

    “Yunusobod yo‘nalishining yangi bekatlarida qurilish ishlari 2020-yil iyul oyida yakunlanib, joriy yilning avgust oyi oxirida foydalanishga topshirildi. Ushbu yo‘nalish foydalanishga topshirilgan kundan boshlab hech qanday kamchiliklar aniqlanmagan, barcha bekatlar va metro tunnellari belgilangan me’yor va standartlarga muvofiq ishlamoqda, yo‘lovchilar tomonidan e’tiroz va shikoyatlar kelib tushmagan”, — deb ta’kidlangan “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabarida.

    Nima bo‘lgan edi?

    2019-yil 18-dekabr kuni soat 10:20 da Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida qurilayotgan yangi bekat hududida qazilgan kotlovan yon tomoni o‘pirilgan.

    Mazkur holat tinimsiz yog‘ingarchiliklar sababli sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning 18-dekabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida soat 07:40 dan 15:50 gacha yog‘ingarchilik miqdori 12 millimetrni tashkil etib, shaharning qolgan hududlariga nisbatan ko‘proq bo‘lgan. Voqea oqibatida qulab tushgan tuproq massasi qurilish ishlariga jalb etilgan olti nafar ishchini bosib qolgan.

    O‘zbekiston Prezidenti farmoyishiga binoan tezkor ravishda hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish, yerusti va yerosti metropoliteni obyektlarida bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hukumat komissiyasi tashkil etilgan.

    19-dekabrdagi qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida yuqorida qayd etilgan barcha ishchilarning jasadlari topilgan.

    Kompensatsiya to‘lovlari

    Qurbonlarning oilalariga birlamchi tovon puli sifatida 100 million so‘mdan to‘lab berilgan.

    Keyinchalik hukumat komissiyasi qarori bilan vafot etgan 5 nafar ishchilarning oilalariga 261,9 million so‘mlik, shuningdek, yana bir vafot etgan xodimning oilasiga 281 million so‘mlik bir martalik tovon puli to‘langan. Ushbu bir martalik to‘lovlar marhumlarning oilalariga to‘lab berilgan. Ushbu mablag‘lardan tashqari, ularning oila a’zolariga har oyda quyidagi miqdorlarda oylik kompensatsiyalar to‘lab borilmoqda:

    • marhum Diyorov Anvarning turmush o‘rtog‘i, bir o‘g‘li va ikki qiziga — 727,6 ming so‘mdan;
    • marhum Abdullayev Davronning pensioner onasiga — 1212,68 ming so‘mdan ortiq;
    • marhum Abdullayev Oybekning pensioner ota va onasiga, shuningdek, o‘g‘li va qiziga — 606,34 ming so‘mdan;
    • marhum Ravshanov Jonibekning nafaqaxo‘r otasi va onasi, qizi hamda turmush o‘rtog‘iga —519,72 ming so‘mdan;
    • marhum Karimov Zarif To‘lqinovichning uch qizi, bir o‘g‘li va turmush o‘rtog‘iga — 650,6 ming so‘mdan.
    Tovon pullari bolalar uchun 16 yoshgacha va qurbonlarning turmush o‘rtoqlariga ularning eng kichkina bolalari 3 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanadi. Ota-onalariga esa umrining oxirigacha to‘lanadi. Vafot etgan Rahmatov Ixtiyorning 4 kishidan iborat oilasida mehnatga layoqatli bo‘lmaganlar aniqlanmagan va oila a’zolariga kompensatsiya to‘lash O‘zbekiston qonunchiligiga binoan to‘lanmaydi.

    Ma’lumot uchun, ekspertiza xulosasiga ko‘ra, metro bekati tunnelining temir-beton konstruksiyasi qulab tushganiga tunnelni ochiq usulda kovlashda texnik xavfsizlik qoidalarining buzilganligi va qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi sabab bo‘lgan. Bu mas’ul shaxslarning jarayonni yetarlicha nazorat qilmaganligi natijasida sodir bo‘lgan.

    Aynan shu fojiadan so‘ng Yunusoboddagi metroning yangi bekatlari ochilishi 2019-yil oxiridan 2020-yil Navro‘ziga qoldirilgandi, Prezident Shavkat Mirziyoyev esa 2020-yilda o‘tkazilgan ilk yig‘ilishlarning birida qurilish sohasida mehnat muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

    Mavzuga doir:

    • Yunusoboddagi metro qurilishida olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avariya uchun hech kim jazolanmagan. Jinoyat ishi 2020-yil martida tugatilgan
    • Toshkentda bir yil avval metro qurilishidagi avariya oqibatida olti yigit halok bo‘lgandi. Ularning ham o‘z orzu-niyatlari bor edi

    28.12.2020, 23:12   Izoh (0)   28769
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metropolitenidagi poyezdlarning harakatlanish orasidagi vaqt qisqaradi. Rossiyadan yana 10 ta zamonaviy tarkib xarid qilinishi kutilmoqda

    28.12.2020, 22:41

    Koronavirus oqibatida vafot etgan Toshkent IIBB xodimi A’loxon Shomahmudovning oilasiga “Jasorat” medali topshirildi

    28.12.2020, 22:25

    Namanganda ham ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati narxi oshiriladi

    28.12.2020, 22:10

    Samarqand IIB viloyatdagi korxonalarni bayram korporativlarini o‘tkazmaslik bo‘yicha ogohlantirdi

    28.12.2020, 21:41

    Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishini TTZ mavzesigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda

    28.12.2020, 20:55

    2021-yilda Toshkentdagi yangi tumanning xarajatlari daromadidan 4 baravarga oshib ketadi

    28.12.2020, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.