“Manchester Yunayted” Angliya Premyer Ligasi 15-turida 26-dekabr kuni “Lester” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa APLda ketma-ket 11 ta safar o‘yindan beri har bir bahsda kamida ikkitadan gol urmoqda. Bu esa Premyer Liga rekordi hisoblanadi.
Premyer Liga tashkil etilgan 1992-yildan avval ushbu natijani qayd etgan yagona jamoa ham “Manchester Yunayted” hisoblanadi. “Qizil iblislar” 1958-1959-yillarda Angliya chempionatidagi ketma-ket 13 ta safar o‘yinida 2+ gol urgandi.
“Manchester Yunayted” APL 2020/21-yilgi mavsumidagi 14 o‘yinda 27 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 3-pog‘onasida ketmoqda.
“Lester” — “Manchester Yunayted” uchrashuvidagi gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)