Qirg‘iziston COVAX dasturi doirasida 1,2 million doza koronavirusga qarshi vaksina uchun ariza bergan va mazkur ariza ma’qullangan. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Elvira So‘raboldiyeva 24-dekabr, payshanba kuni koronavirusga qarshi kurash shtabi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kabar.kg”.
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosarining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur vaksinalar yordamida mamlakat o‘z aholisining 20 foizdan ortig‘ini koronavirusga qarshi emlashi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 million doza vaksina so‘rab murojaat qilganini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga vaksina kelsa, birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi.
Izoh (0)