Italiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 2 009 317 kishini tashkil qilmoqda. O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 18 040 ta yangi holat qayd etilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
So‘nggi bir sutka ichida 193 ming kishida test o‘tkazilgan, 505 nafar bemor kasallik qurboniga aylangan. Pandemiya boshidan buyon mamlakatda 70 ming 900 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. 1 344 785 nafar bemor kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.
Hozirgi kunda intensiv terapiya bo‘limlarida 2,5 mingdan ortiq bemor koronavirusdan davolanmoqda.
Izoh (0)